Kontent qismiga oʻtish

Marten ishlab chiqarishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marten ishlab chiqarishi – marten pechidya choʻyan, temirtersak va temir rudasidan poʻlat ishlab chiqaruvchi tarmoq; qora metallurgiyankt bir sohasi. 19-asr oxirida oldin Fransiyada, keyin Rossiyada tarqala boshladi, keyinchalik taraqqiy etgan mamlakatlarga yoyiddi. Oʻzbekistonda birinchi Marten ishlab chiqarishi ch. 1944-yilda shakllana boshlagan (Bekobod metallurgiya zavodida 1944, 1945 va 1949-yillarda 3 ta marten pechi ishga tushirilgan). Marten ishlab chiqarishi ch.da ishlatiladigan xom ashyo (shixta) metall (suyuq va qattiq choʻyan, temirtersak, oksidlovchi va legirlovchi elementlar) hamda metallmas (temir rudasi, marten aglomerati va flyus) tashkil etuvchilardan iborat boʻladi. Korxonaga keltirilgan qattiq xom ashyo pechda 1000—1200° da qizdiriladi, shundan soʻng pechga suyuq choʻyan quyiladi. Materiallar eriyotganda qoʻshilmalar (fosfor, kremniy, marganets va boshqalar) jadal ravishda oksidlanadi va shlak hosil boʻladi, qaynash jarayonida esa uglerod oksidlanib, poʻlat zarur kimyoviy tarkibiga erishadi. Soʻngra metall oksidsizlantiriladi va zarur boʻlsa legirlanadi (qarang Legirlash). Tayyor suyuq poʻlat kovshlar va qoliplarga quyib olinadi. Pechning ish boʻshligʻi devorlari qanday materialdan terilganligiga qarab, marten jarayoni asos xarakterli va kislota xarakterli jarayonlarga boʻlinadi. Asos xarakterli jarayon kengroq tarqalgan, u amalda turli shixtali (jumladan, tarkibida fosfor va oltingugurt koʻp) materiallarni qayta ishlashga imkon beradi. Kislota xarakterdagi jarayon esa tarkibida gaz va metallmas aralashmalar kam va sifatli poʻlat olishga imkon beradi. Xom ashyodagi metallarning tarkibi boʻyicha Marten ishlab chiqarishi ch.da quyidagi jarayonlar farq qilinadi: skraprudali jarayon (50— 70% suyuq chuyan va 50—30% temirtersak eritiladi), skrapjarayon (xom ashyo – qattiq pulat va temirtersak), rudali jarayon (asosan, suyuq choʻyan ishlanadi), karbyuratorli jarayon (asosiy xom ashyo – temirtersak).

Marten ishlab chiqarishi ch.da yoqilgʻining yonishini va qoʻshilmalarning oksidlanishini tezlatish uchun maxsus qurilmalar yordamida pechga kislorod yuborib turiladi.

XX asr 70-yillari oxiridan boshlab Marten ishlab chiqarishi ch.ga nisbatan kislorodli konvektor usulida poʻlat olish ancha unumli boʻlganligi tufayli keyingi usul va elektr pechlarda poʻlat eritish usuli koʻproq qoʻllanilmoqda (if. Konverter). Oʻzbekiston metallurgiya zavodida ham 1978-yilda elektr poʻlat eritish kompleksi ishga tushirilgan.

  • Mirboboyev V. A. va boshqa, Metallar texnologiyasi, T., 1971; Metallurgiya stali, M., 1973.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil