Martin Luther King III
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
2023-yildagi tasviri | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
23-oktyabr 1957-yil Montgomery (Alabama), AQSH. |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi |
Arndrea Waters (turm. 2006) |
Bolalari | Yolanda Renee King |
Ota-onasi | Martin Luther King Jr. (otasi) Coretta Scott King (onasi) |
Taʼlim | Morehouse College |
Martin Lutir King III (1957-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) – amerikalik insonlar huquqlarini himoya qiluvchi ijtimoiy faollaridan biri, xayriyachi va advokat. Fuqarolik huquqlari yetakchi rahbarlari Martin Luther King Jr. va Coretta Scott Kingning katta oʻgʻli, 1997-yildan 2004-yilgacha Janubiy Xristian liderlik konferentsiyasining toʻrtinchi prezidenti boʻlib xizmat qilgan. 2024-yil holatiga koʻra, Virginia universitetida amaliyot professori boʻlib faoliyat yuritadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Martin Luther King III 1957-yilning 23-oktyabr sanasida Alabama shtatining Montgomery shahridagi Sent-Jud shifoxonasida dunyoga kelgan[1]. Martinning onasi farzandiga oʻz otasini ismini qoʻyishga ikkilangan, sababi bu ism farzandiga kelajakda yuk boʻlishi ham mumkin edi, ammo King Jr oʻgʻliga Martin Luther III deb ism berishni xohlagan[2]. Martin Luther tugʻilgan vaqtda uning otasi Janubiy Xristian liderlar konferensiyasida boʻlgan va konfrensiya aʼzolariga oʻgʻillik boʻlganligini eʼlon qilgan[3]. Martinning tugʻilishi onasining sanʼatdan uzoqlashishiga sabab boʻlgan va uning onasi vaqtini ogʻli va katta singlisi Yolandaga gʻamxoʻrlik qilish uchun sarflagan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Company, Johnson Publishing. Jet (en). Johnson Publishing Company, 2006-02-20.
- ↑ Gettleman, Jeffrey. „M.L. King III: Father's path hard to follow.“. Los Angeles Times (2001-yil 5-avgust). Qaraldi: 2008-yil 14-sentyabr.
- ↑ Manheimer, p. 46.
- ↑ Bagley, p. 148.