Maru (mushuk)
Maru (2007-yil 24-mayda tugʻilgan) — Yaponiyadagi Shotlandiya erkak mushugi, YouTubeʼda mashhurlikka erishgan. Maru ishtirokidagi videolar 479 million marta koʻrilgan va bir vaqtning oʻzida alohida hayvonlarning YouTube videolarini eng koʻp koʻrish boʻyicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan[1]. Maru „internetdagi eng mashhur mushuk“ sifatida etirof etiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maru videolari mugumogu akkaunti nomi ostida omma eʼyiboriga havola etiladi. Videolarda uning egasi kamdan-kam koʻrinish beradi. Videolar turli voqealar asosida ingliz va yapon tillarini o‘rganish va tasvirlab beruvchi sarlavha kartalarini o‘z ichiga oladi va ko‘pincha Maruning karton qutilar ichida o‘ynayotganligi tasvirlnadi, ulardan eng mashhuri „Men qutini yaxshi ko‘raman!“ nomli birinchi videosi hisoblanadi.
Maruning videolari — odatda 3-7 daqiqa davom etadigan kliplar toʻplamidan iborat boʻlib, Maru turli harakatlarni amalga oshiradi, aksariyat videolar sarlavhasini qo;lidagi kartasida koʻrsatadi va ayni mavzuga asoslanganharakatlarni ijro etadi. Maru ushbu videolar davomida oʻzining qutilarga boʻlgan hayratini, xotirjam holatini, kulgili tryuklarni, ixtirochi aqliy faoliyatini va oʻz sezgilarini namoyish etadi.
2013-yil avgust oyida Maruning egasi veterinardan Hana ismli mushukchani asrab oladi. Ikki haftalik sinov davrida Maru va Hana juda yaxshi munosabatda boʻlishdi va Mugumogu Hanani oʻz oilasining yangi aʼzosi sifatida qabul qilishga qaror qiladi[2].
2020-yil noyabr oyida Maruning egasi qo‘shnisidan, bo‘rondan qutqarib qolingan Miri ismli boshqa mushukchani ham asrab oladi[3].
Shon-shuhrati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Entertainment Weekly oʻzining „Mashhur Kitty videolari“ maqolasida Keyboard Cat va Nora bilan birga Maruni ham eslab oʻtadi[4][5]. The New York Times nashri ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilgan mushuk va itlar haqidagi maqolasida Maru haqida soʻz yuritadi va mushukning suratlarini ham maqolaga ilova qiladi[6]. Shuningdek, Maruning videolari Fresh Step YouTube kanalidagi Fresh Step reklama roligida namoyish etilgan[7]. Maru Yaponiyadagi turli mahsulotlarning reklamalarida ham ishtirok etgan[8]. 2011-yil dekabr holatiga koʻra, Maruning YouTube kanali Yaponiyadagi eng koʻp obunachisi boʻlgan vloglar orasida 7-oʻrinda turadi.
2017-yil mart oyida Maru YouTubeʼda eng ko‘p ko‘rilgan jonivor sifatida sertifikatlangan edi[9]. Uning videolari 2019-yil 3-yanvar holatiga ko‘ra jami 405 235 246 marta tomosha qilingan.
Nashr etilgan ommaviy axborot vositalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil sentabr oyida Yaponiyada „ I am Maru — Men Maruman“ nomli kitob va DVD disklari sotuvga chiqarildi[10][11][12]. Keyingi yil fevral oyida Maru Desu deb nomlangan yana bir DVD diski ham sotuvga chiqariladi[13]. „More Maru“ nomli ikkinchi kitob esa 2011-yil 31-avgustda keng omma eʼtiboriga tushdi, lekin mazkur kitob faqat yapon tilida nashr etilgan[14].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ mugumogu. „mugumogu's Channel“. YouTube (2008-yil 10-iyul). Qaraldi: 2010-yil 23-iyul.
- ↑ mugumogu. „まるです“. Sisinmaru.blog17.fc2.com (2013-yil 6-avgust). Qaraldi: 2014-yil 11-mart.
- ↑ Miri, newest edition to the family.
- ↑ Notable Kitty Videos. Entertainment Weekly (2009-yil 7-avgust), s. 39.
- ↑ Svetkey. „Cat videos! Cat videos! Cat videos! Help us grade the cat videos!“. EW.com (2009-yil 30-iyul). 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
- ↑ Genzlinger, Neil. „On Films and TV, Cats and Dogs Playing Cute“. NYTimes.com (2010-yil 23-iyul).
- ↑ freshstep. „freshstep's Channel“. YouTube. Qaraldi: 2010-yil 27-dekabr.
- ↑ „Photo of Maru WiMAX ad“. Flickr (2010-yil 29-may).
- ↑ Guinness World Records (2017-03-24), Maru - The cat from Japan that holds the record for most watched animal on YouTube, qaraldi: 2017-03-26
- ↑ mugumogu. I am Maru., 2011. ASIN 4048951289.
- ↑ mugumogu. „I am Maru 2.“. Tokimeki Publishing. 2014-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
- ↑ mugumogu. I am Maru (Maru Desu) (ja). Tokimeki Publishing, 2009. ISBN 978-4-04-895128-9.
- ↑ mugumogu. „I am Maru“. Columbia Music Entertainment, Inc. (2010). Qaraldi: 2010-yil 23-iyul.
- ↑ „Amazon.co.jp: もっと、まるです。: mugumogu: 本“. Amazon.co.jp. Qaraldi: 2012-yil 26-yanvar.