Marvin Matip
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marvin Job Matip | ||
Tavallud sanasi | 25-sentyabr 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Bochum, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.84 m[1] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1992–1994 | SC Weitmar 45 | ||
1994–2004 | VfL Bochum | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004–2005 | VfL Bochum II | (3) | |
2004–2005 | VfL Bochum | (0) | |
2005–2006 | 1. FC Köln II | (1) | |
2005–2010 | 1. FC Köln | (1) | |
2010 | → Karlsruher SC (ijara) | (1) | |
2010–2019 | FC Ingolstadt | (11) | |
2013–2016 | Kamerun | (0) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Marvin Job Matip (1985-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) – sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan va Kamerun milliy futbol terma jamoasi sharafinini xalqaro miqyosda himoya qilgan.
Klubdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bochumda tugʻilgan Matip oʻz faoliyatini VfL Bochumda boshlagan va 2005-yilda 1. FC Köln klubiga koʻchib oʻtgan. 2010-yilning 1-fevralida esa Karlsruher SC klubiga ijaraga berilgan[2].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matip Germaniyaning 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2005-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida va 2006-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham terma jamoa safida harakat qilgan. 2007-yilda esa Kamerun terma jamoasidan chaqiruv olgan[3]. Biroq, FIFA uchun hujjatlar oʻz vaqtida topshirilmagani uchun Kamerundagi faoliyati kechiktirilgan. U oʻz xalqaro miqyosdagi debyutini 2013-yilning 2-iyunida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik bahsida qilgan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matipning otasi kamerunlik onasi esa germaniyalik nemis boʻlgan. Shuning uchun u har ikkila millat vakili boʻlish huquqiga ega edi[5].
Uning otasi Jean sobiq professional futbolchi boʻlgan. Uning ukasi Joël Matip esa Liverpul safida toʻp suradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Marvin Matip“ (German). FC Ingolstadt 04. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Alexander Haubrichs and Markus Krücken. „Sturm-Juwel Ionita im Anflug, Matip geht“ (German). express.de (2010-yil 1-fevral). 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyul.
- ↑ Musa, Tansa „Soccer-Cologne's Marvin Matip called up to Cameroon squad“. ESPN.com (2007-yil 17-may). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
- ↑ „Stolz wie Oskar: Marvin Matip unterwegs mit Kamerun!“ (German). FC Ingolstadt 04. 2014-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Hughes, Ian „Tunisia's play-off appeal rejected“. BBC Sport (2013-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.