Kontent qismiga oʻtish

Mary Abbott

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mary Abbott
Tavalludi 21-iyul 1921-yil
Nyu-York
Vafoti 23-avgust 2019-yil(2019-08-23)
(98 yoshda)
Westhampton Beach
Millati ingliz
Oqim Abstrakt ekspressionizm

Mary Lee Abbott (1921-yil 27-iyul2019-yil 23-avgust) – amerikalik rassom, 1940-yillarning oxiri va 1950-yillarda Nyu-York abstrakt ekspressionistlar maktabining aʼzosi sifatida tanilgan[1]. Uning mavhum va majoziy xarakterdagi asarlariga 1950-yillar davomida Santa-Krus va Gaitiga qilgan sayohati taʼsir qilgan[2].

Hayotining dastlabki davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbott Nyu-York shahrida tugʻilgan va u yerda Chapin maktabida oʻqigan[3]. Uning oilasi kelib chiqishi Amerika Qo'shma Shtatlarining ikkinchi prezidenti John Adamsga borib taqaladi. Uning onasi Elizabeth Grinnell shoira va sharhlovchi edi[4]. Uning oilasi yozda Nyu -Yorkdagi Long-aylendda, Sautgemptonda vaqt oʻtkazishardi[5].

U Nyu-Yorkdagi Sanʼat talabalari ligasida rassom George Groszning shogirdi edi[6]. Rassomning mavzulari eksperimental boʻlib Barnett Newman, Mark Rothko va David Hare bilan birgalikda ishlagan. Keyinchalik Abbott 1930-yillarning oxirida Vashingtondagi Korkoran muzey maktabida (hozirgi Korkoran sanʼat va dizayn maktabi deb nomlanadi) tahsil oldi.

U 1943-yildan 1946-yilgacha rassom Lewis Teague bilan qisqa muddat birga bir oila boʻlib yashagan. Lewis Teague ajralganidan koʻp oʻtmay u biznesmen Tom Clyde bilan oila qurdi. Clyde va Abbott qish vaqtini Santa-Krus va Gaitida oʻtkazardi. Bu yerda u oʻzining rasmlari uchun ilhom manbasi boʻlgan odamlar va landshaftlarni kashf qiladi.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Abbott sanʼat bilan jiddiy shugʻullana boshladi va u Manxettenda yashovchi bir guruh rassomlar jamoasi boʻlgan „Downtown Group“ ga qoʻshildi. 1946-yilda u Manxetten koʻchalaridan birida badiiy studiya ochdi[7].

1950-yillarda Abbott oʻzi va Nyu-York maktabining birinchi avlod shoirasi Barbara Guest bilan hamkorlik loyihasini boshladi.

2016-yilda uning ishi Denver sanʼat muzeyi tomonidan tashkil etilgan „Abstrakt ekspressionizm ayollari“ koʻrgazmasiga kiritilgan[8].

U 2019-yil 23-avgust kuni 98 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

2023-yilda uning ishi Londondagi Whitechapel galereyasida Action, Gesture, Paint: Women Artists and Global Abstraction 1940-1970 koʻrgazmasiga kiritilgan[9].

  1. „Artist Mary Lee Abbott Of Southampton Dies August 23 - Southampton“. www.27east.com (2019-yil 26-avgust). Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  2. „Mary Abbott“ (en). Ideelart. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
  3. Saxton, Diane „Mary Abbott: Quintessential American“ (en). HuffPost (2012-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  4. „Mary Abbott - Artist, Fine Art Prices, Auction Records for Mary Abbott“. www.askart.com.
  5. „East End Stories, Mary Abbott (American 1921–)“. The Parrish Art Museum. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  6. Selvin, Claire „Mary Abbott, Postwar Painter of Beguiling Abstractions, Dead at 98“ (en-US). ARTnews (2019-yil 10-sentyabr). — „She married painter Lewis Teague in 1943, though the couple separated in 1946.“. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  7. Krysa, Danielle. A big important art book (now with women) : profiles of unstoppable female artists--and projects to help you become one, First, Philadelphia, 2018-10-02. ISBN 978-0-7624-6379-4. OCLC 1023484688. 
  8. Marter, Joan M.. Women of abstract expressionism. Denver New Haven: Denver Art Museum Yale University Press, 2016 — 162-bet. ISBN 9780300208429.