Kontent qismiga oʻtish

Mary Stewart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mary Stewart
Tavalludi
Mary Florence Elinor Rainbow

17-sentyabr 1916-yil
Sunderland, County Durham, England
Vafoti 9-may 2014-yil(2014-05-09)
(97 yoshda)
Lochawe, Scotland
Taxallusi Mary Stewart
Ijod qilgan tillari Ingliz
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1]
Turmush oʻrtogʻi
Sir Frederick Stewart
(turm. 1945; vaf. 2001)

Mary Lady Stewart  (1916-yil 17-sentyabr – 2014-yil 9-may) – britaniyalik yozuvchi, bir qator sarguzasht romanlar muallifi.

Mary Florence 1916-yil 17-sentabrda tugʻilgan. Boshlangʻich maktab oʻqituvchisi Mary Edith Matthew va Frederick Albert Rainbowlarning qizi boʻlgan[2][3].

Mary 8 yoshida Penrit shahridagi Eden Hall maktab-internatida oʻqigan, U yerdagi bosimlar, haqoratlar unga doimiy taʼsir qilgani sabab maktabini oʻzgartirgan. Yorkshirdagi Ripon shahridagi Skellfeild maktabi unga muvafaqqiyat keltirdi. Shu maktabda stipendiya yutib oldi. Maryga Oksford, Kembrij va Durham universitetlari tomonidan talabalikka takliflar tushgan va u Durhamni tanlagan. 1938-yilda Durham universitetini ingliz tili yoʻnalishida birinchi darajali aʼlo baholar bilan tugatdi, keyingi yilda ingliz tilidan birinchi darajali oʻqituvchilik diplomi bilan taqdirlandi. 1941-yilda aaynan shu yoʻnalishda magistrlik darajasini olgan[4].

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stewartning koʻplab tarixiy va fantastik romanlari eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatidan oʻrin egallagan. Yozuvchining kichik hikoyalari ham tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan. Romanlari Angliyada, shuningdek, Damashq va Yunoniston orollari, Ispaniya, Fransiya, Avstriya kabi mamlakatlarda ham chop etilgan[5].

U 1950-yillarning oxiridan 1980-yillargacha mashhurlik choʻqqisida boʻlgan. Aynan shu yillari koʻplab romanlari boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchining eng mashhur romanlaridan biri boʻlgan „The moon-Spinners“ film qilib sahnalashtirilgan. Stewart ishqiy romanlarni tasvirlashda, romantik janrnlarni yoritib berishda eng koʻzga koʻringan yozuvchilardan biri edi. Tanqidchilar tomonidan uning asarlariga Victoria Holt va Phyllis Whitney kabi mashhur romantik yozuvchilarning asarlaridan ustun deb baho berilgan[6].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mary Rainbow geologiya fanlari oʻqituvchisi Frederik Styuartga turmushga chiqdi, ikkalasi ham Durham universitetida ishlagan edilar. The Times gazetasida ularning nikohi eʼlon qilindi[7]. 30 yoshida Maryga farzand koʻra olmaslik tashxisi qoʻyildi.

1956-yilda ular oilaviy Edinburgga koʻchib oʻtdilar, u yerda Mary geologiya va mineralogiya fanlari professori, keyinchalik Edinburg universitetining geologiya kafedrasi raisi boʻldi[8].

1974 yilda uning turmush oʻrtogʻi Frederick Stewart ritsar unvoniga sazovor boʻldi hamda u Lady Stewartga aylandi, Lekin u hech qachon bu unvondan foydalanmagan. Frederick Stewart 2001-yilda vafot etgan[9].

  1. (unspecified title)
  2. „Sir Frederick Stewart“. The Telegraph (2001-yil 17-dekabr). 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. "Mary Stewart". Encyclopædia Britannica. Archived from the original on 9 February 2006. https://web.archive.org/web/20060209091336/http://www.britannica.com/ebi/article-9337392. Qaraldi: 28 May 2007. 
  4. Stewart, Mary. About Mary Stewart. Ontario, Canada: Musson Book Company, 1973. 
  5. Contemporary Literary Criticism, v. 35. Gale Research Company, 1985.
  6. Friedman, Lenemaja (1990), Mary Stewart, Boston, Massachusetts: Twain Publishers, ISBN 9780805769852
  7. „"Marriages." Times [London, England 11 June 1945: 7. The Times Digital Archive.“]. Times Digital Archive. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyul.
  8. Stewart, Mary. Thornyhold, 1988. 
  9. Pearce. „Sir Frederick Stewart“. The Guardian (2001-yil 19-dekabr). 2005-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-may.