Maryam Sultonmurodova
Maryam Sultonmurodova | |
---|---|
Tavalludi |
1905-yil 13-fevral Xorazm |
Vafoti |
1971-yil |
Fuqaroligi | O'zbekiston SSR |
Kasbi | matbuot xodimasi, olima, |
Dini | islom |
Maryam Sultonmurodova – 1905-yil 13-fevralda Xorazm viloyati Xiva shahrida tugʻilgan. Germaniyada 1922–1928-yillarda taʼlim olganidan soʻng uni „Turkiston“ josuslik tashkiltining aʼzosi deb uni Jinoyat kodeksining 60- va 67-moddalari bilan ayblaydilar va qamoqqa oladilar. Biroq u hech qanday tashkilotga aʼzo emasligini soʻroq jarayonida aytadi va uni ozod qiladilar. Biroq bu jarayon koʻpga bormaydi.[1] 1949-yil 30-martda qayta qamoqqa olinadi va Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksininig 57-moddasi 1-bandi, 67-moddalari bilan aybdor deb topilib Krasnoyarsk oʻlkasiga surgun qilinadi. Maryam Sultonmurodova SSSR Oliy Sudi tomonidan 1957-yil 2-avgustda oqlandi. Ammo oqlanganidan keyin ham taʼqiblar davom etdi. 1971-yilda vafot etgan.
Oila azolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi Jumaniyoz Sultonmurodov
Aka-ukalari; Bolta, Qurbonboy, Roʻzmat, Nazar
Oʻqish davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urganchdagi besh yillik noʻgʻay maktabi (1911);
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maryam 7-8 yoshida Urganch va Toʻrtkoʻldagi yangi usuldagi tatar maktabida oʻqiy boshlaydi. Uning otasi Jumaniyoz aka oʻz davriga yarasha ancha ziyoli va „Yosh xivaliklar“ ma’rifatchilik va islohotchilik harakatiga ruhan yaqin edi.
Shuning uchun ham u qizlarini yangi maktablarda oʻqitish, ilm-ma’rifatli qilishni orzu qilgan. Shu sabab boʻlsa kerak, Qizi Maryamni bu yerdagi maktabni tugatganidan soʻng 1919-yilda Toshkentga, oʻqituvchilarni tayyorlovchi tatar maorif institutiga yuborgan.
Toshkent gimnaziya maorif maktabi (1919);
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maryam bu yerda ikki yil oʻqigach, tirishqoq va ilmga chanqoq boʻlgani uchun 1920-yilning oxiri yo 1921-yilning boshlarida Orenburg shahriga kelib, u yerdagi mаоrif institutidа oʻqishni davom ettirgan.
Orenburgdagi tatar pedagogika instituti (1920-1921);
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berlin universiteti qoshidagi 6 oylik tayyorlov kursi (1922-1923);
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maryam 1922-yilning kuzida qandaydir sabab bilan Toshkentga qaytadi. Turkistоn rеspublikаsi rahbarlari:
„Bizning oldimizda Yevropa fan-texnikasiga quvib yetish va undan oʻzib ketish vazifasi turipdi“ degan balandparvoz soʻzlar bilan uni Germaniyaga oʻqishga yuboradilar.
Maryam 1922-1923-yillarda Berlindagi nemis xonadonida yashab, Berlin universiteti qoshidagi 6 oylik nemis tili kursini tugatadi.
Berlindagi nemis xonadonida Darmshtadt oliy seminariyasi (1926-1927);
1924-yili Darmshtadtga borib, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan birga oʻlkamizning ma’rifati va madaniyatini rivojlantirishga hissa qoʻshaman, degan niyat bilan oʻqituvchilar seminariysida oʻqiydi. 1927-yili Berlinga kelib, bir yil davomida amaliy mashgʻulotda boʻladi. 1928-yilda oʻqishni tugatib, SSSRga qaytib keladi. U dastlab Toshkentning eski shaharidagi kommunistik universitetda oʻguv boʻlimi mudiri, soʻng 1935-yildan „Guliston“ jurnalida Sobira Xoldorova, Tojixon Shodiyeva, Saodat Shamsiyeva kabi oʻsha davrning ilgʻor oʻzbek xotin-qiz jurnalistlari bilan birga ishlay boshlaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1937-yil kuzida u toʻsatdan „nemis josusi“, „fashizm tarafdori“ sifatida ayblanib, 10 yil qamoq jazosiga hukm etildi. 1947-yilda qamoq jazosini tugatib, Xorazmga qaytganda ham uzoq yurmay, 1949-yili yana qamaldi. Bu safar endi uni Berlinda boʻlgan vaqtida u yerdagi qandaydir «Оzоd Turkistоn» aksilinqilobiy-millatchilik tashkiloti bilan aloqada boʻlgan, dugonasi Xayriniso Majidxonova bilan Parijga borganida sovet davlatining dushmani Mustаfо Cho'qаyеv bilan uchrashgan, Toshkentda ishlaganida esa matbuotda millatchilik fikrlarini oʻtkazgan, germaniyalik professor England bilan josuslik maqsadida aloqa oʻrnatgan kabi ayblar yuzasidan soʻroq qilinadi. Maryam Sultonmurodovaning Stalin vafotidan keyin 1956-yil 10-mayda SSSR bosh prokurori nomiga yozgan bu arizasidan soʻng ham hushyor sovet qonunchilari uni oqlashga shoshilmadilar. Mazkur arizadan keyin qariyb 4 oycha oʻtgach, 1956-yil 13-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti qoshidagi Davlat xavfsizlik qoʻmitasining Xorazm viloyati boʻyicha maxsus tergovchisi mayor Kruglishev hech narsani bilmagan va koʻrmagan kishiday Maryam Sultonmurodovani guvoh sifatida soʻroqqa chaqiradi. SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining adliya polkovnigi Lixachev raisligidagi hay’atining 1957-yil 2-avgustdagi majlisida "Yorqin turmush » jurnalining sobiq adabiy xodimasi Maryam Sultonmurodova ishi koʻrilib, uning oqlanganligi eʼlon qilinadi. Unda bunday yozilgan: Adolat qisman boʻlsa-da tiklandi. Maryam Sultonmurodova umrining oxirlarida yuqoridagi bir parcha qogʻozni ham oladi. Ona shahri Urganchda yashab, ishlay boshlaydi. 1971-yili vafot etgan. [2]
Yozgan hikoyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahmat desinlar;
Majnuntol;
Qalbim nidosi;
Mehr koʻzda;
Karvonlar kelganda;
Kutilmagan baxt;
Betamiz yigit.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xorazm viloyati xotira kitobi. Bahrom Irzayev, Yulduz Rahmonova.
- ↑ Sherali Turdiyev. Ular Germaniyada oʻqigan edilar. (oʻzbek). "Akademxizmat" bosmaxonasi, 2006-y — 256-bet.
- ↑ https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-45436594