Kontent qismiga oʻtish

Marza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marza — relyef shakli. Tepasi qabariq shakldagi muayyan masofaga choʻzilgan balandlik. M.lar tektonik yoʻl bilan hosil boʻlishi (antiklinal burma), daryo, dengiz toʻlqini keltirgan qumlardan vujudga kelishi (qum tillari, barlar), morena jinslarining toʻplanishidan paydo boʻlishi (ozlar), kishilar tomonidan bunyod etilishi (yoʻl koʻtarmalari) mumkin. Tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan M.lar doirasida joylashgan baʼzi mayda koʻtarmalarda neft, gaz konlari boʻlishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil