Kontent qismiga oʻtish

Masʼud at-Taftazoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masʼud at-Taftazoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1312-yil (hijriy 712-yil)
Vafoti milodiy 1389-yil (hijriy 791-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi grammatika, morfologiya, ritorika, fiqh

Masʼud ibn Umar ibn Abdulloh at-Taftazoniy (Saʼduddin) — grammatika, morfologiya, ritorika, fiqh va uning usullari, mantiq va boshqa koʻpgina sohalarda tadqiqotlar olib borgan olim. Naso nohiyasidagi qishloqlardan biri — Taftazonda milodiy 1312-yil (hijriy 712-yil) tavallud topgan. Qutbuddin va Uzduddindan ilm oʻrganib, oʻzini kitoblarni tasnif etishga baxshida qilgan. Samarqandda vafot etgan.

  • „Sharhu talxisi-l-miftoh fi-l-maʼoniy va-l-bayon“ („Ritorikadagi kalitlar mohiyatining sharhi“)
  • „Hoshiya ala-l-kashshof“ (az-Zamaxshariyning ilmi tafsir haqidagi „al-Kashshof“ asariga hoshiya-izoh")
  • „at-Tahzib fi-l-mantiq“ („Mantiq ilmidagi tarbiya“)
  • „al-Maqosid fi ilmi-l-kalom“ („Kalom ilmidan koʻzlangan maqsadlar“)
  • „Haqoiqu-t-tanqih li-sadri-sh-shariati fi-l-usul“ („Sadrushsharianing ilmi usulga oid qayta koʻrib chiqish haqidagi qarashlari bilan bogʻliq haqiqatlar“)
  • „Sharhu hikmati-l-ishrof“ („Hikmatu-l-ishrof“ga sharh")
  • „Sharhu-l-aqoidi-n-nasafiya“ („al-Aqoid an-nasafiya“ga sharh")
  • „Hoshiya ala sharhi-l-muxtasari-l-muntahiy“ ("al-Iyjiyning aqoid haqidagi „Sharhu-l-muxtasari-l-muntahiy“ asariga hoshiya-izoh")
  • „Sharhu muxtasari-sh-shamsiya fi-l-mantiq“ ("Mantiq ilmi haqidagi „Muxtasari-sh-shamsiya“ — „Shamsiya risolasining qisqartmasi“ nomli asarga sharh")
  • „at-Talvih fi kashfi haqoiqi-n-tanqih“ („Qayta koʻrib chiqish haqiqatlarini kashf etish haqidagi alomatlar“)
  • „Sharhu muxtasari-l-Zanjoniy“ („Zanjoniy qisqart-masiga sharh“)
  • „al-Mutavval fi-l-balogʻa“ („Balogʻat ilmi haqidagi batafsil kitob“)
  • „al-Muxtasar ala talxisi-l-miftoh“ („Talxisu-l-miftoh qisqartmasi“)
  • „Sharhu tasrifi-l-gʻaziy fi sharhi miftohi-l-ulum“ („Sharhu miftohi-l-ulum“ haqidagi Gʻaziyning morfologik sharhi")
  • „ar-Raddu ala ibn Arabiy fi fususihi“ („Fusus al-hikam“ asari haqida Ibn Arabiyga raddiya")
  • „Hallu-l-maoqid fi sharhi-l-qavoid“ (Ibn Hishom al-Ansoriyning „Qoidalar sharhi haqidagi oʻrinlarning yechimi“)
  • „Sharhu abyoti-l-misboh“ („al-Misboh“dagi baytlar sharhi")
  • „al-Irshod al-hodiy“ ("Hidoyat sari yetaklovchi „Irshod“)
  • „al-Mutavval“ („Mufassal“)
  • „Sharh hikmati-l-ishroq“ („Hikmatu-l-ishroq“ sharhi")
  • „Irshodu-l-osiy“ („Osiyni hidoyat yoʻliga boshlovchi koʻrsatma“)
  • „al-Arbaʼin“ („Qirq hadis“)
  • „Irshodu-l-hodiy“ („Hidoyatga olib boruvchi irshod“, muallif ushbu asarni hijriy 778-yilda taʼlif etgan).

Bahs-munozara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sohibqiron Amir Temur dargohidagi kengashda Sayyid Sharif al-Jurjoniy va Saʼduddin at-Taftazoniy Alloh taoloning „Uvlaika ala huda min rabbihim“ („Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat uzra (barqaror) dirlar va ana oʻshalar (oxiratda) najot topuvchilardir“) qavli istiorasi xususida tortishib qolganlar. Shunda Sayyid unga oʻzining fasohatdagi mahoratini namoyon etib, tiliga erk bergan edi. Darvoqe, Sayyidning tili uning qalamiga (yozuvdagi ifodasiga) qaraganda ancha badiiyroq edi. Taftazoniyda esa buning aksi edi. Fozillar ulardan qaysi biri afzalroq ekanini aniqlashda ikki qismga boʻlingan edilar, lekin koʻpchilik Saʼduddin tarafida qolgan edi. Masʼud at-Taftazoniy milodiy 1389-yil (hijriy 791-yil) vafot etgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 104-105-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.