Kontent qismiga oʻtish

Mashina va mexanizmlar dinamikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mashina va mexanizmlar dinamikasi — mashina va mexanizmlarning harakatini ularga taʼsir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda oʻrga-nuvchi bilim tarmogʻi; mashina va mexanizmlar nazariyasi boʻlimi. Asosiy vazifalari: mashina va mexanizmlar zvenolariga tashqi kuchlar, tortishish kuchlari, ishqalanish kuchlari va inersiya kuchlarining taʼsirini oʻrganish hamda ular harakatlanganda sodir boʻladigan dinamik nagruzkalarni kamaytirish usullarini belgilash; mashina va mexanizmlar harakat rejimlarini ularning zvenolariga qoʻyilgan kuchlar taʼsirida oʻrganish va kerakli harakat rejimlarini taʼminlovchi usullarni belgilash. Birinchi masalani yechishda tashqi kuchlar va zvenolarning harakat qonunlari maʼlum deb hisoblanadi. Hisoblashlarda mexanizmlar kineto-statikasi usuliga tayanadi; bunda ketma-ket yaqinlashish usuli bilan kinematik juftlarda haqiqiy reaksiyalarga yaqini aniqlanadi. Reakiiyalarning qiymatidan zvenolarni mustahkamlikka hisoblashlarda foydalaniladi. Zvenolarning kinematik juftlardagi notekis harakatida zvenolarni, poydevor va boshqalarni titrashga olib keluvchi qoʻshimcha dinamik nagruzkalar hosil boʻladi. Zvenolar massalarini ratsional tanlab, yaʼni mexanizm massalarini muvozanatlab bular bartaraf qilinadi. Ikkinchi masalani yechishda keltirilgan kuchlar va massalar usulidan foydalaniladi: bunda barcha kuchlar va massalar bitta zvenoga — keltirilgan zvenoga qoʻyiladi. Harakat tenglamalarini yechib va keltirilgan zvenoning harakat qonunini aniqlab, mashinaning kerakli harakat rejimini taʼminlovchi kuch, massa va tezliklarning oggtimal munosabatlari tanlanadi.

Agar, mas, keltirilgan zveno tezligining davriy oʻzgarishi tashqi kuchlarning davriy oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlib, u ruxsat etilgandan oshea, mashinaga qoʻshimcha detal — tebranishlar amplitudasini kamaytiruvchi maxovik kiritiladi. Tashqi kuchlar tasodifiy oʻzgarishi bilan vujudga keladigan davriy boʻlmagan tebranishlar boʻlganda rostlagichlardan foydalaniladi. M. va m. d. materiallar karshiligi, elastiklik nazariyasi, tebranishlar nazariyasi, analitik mexanika va boshqa bilan bogʻliq (yana q. Inshootlar dinamikasi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil