Mashuq togʻi
Mashuq togʻi - Shim. Kavkazdagi lakkolit togʻi. Kavkaz Mineral Suvlari hududi (RF Stavropol oʻlkasi)da. Balandligi 993 m. Mashuq togʻida mineral suvli bulok, kup. Magmatik jinslarning Yer poʻstiga kirishi natijasida hosil boʻlgan. Mashuq togʻining yon bagʻirlari keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. M. Yu. Lermontov duelda halok boʻlgan joyda yodgorlik (obelisk) oʻrnatilgan. Togʻ etagi va yon bagʻirlarida balneologik kurort va Pyatigorsk shahri joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |