Kontent qismiga oʻtish

Maska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maska (frans. masque, ital. machera soʻzidan) — 1) niqob; 2) jasad yuzidan gips va boshqa materiallar yordamida olingan quyma. Koʻpgina qad. xalqlarda koʻmilgan jasad yuziga oltin va boshqa quymasidan M. kiygizilgan; 3) tibbiyotda narkoz berish, fizioterapevtik muolaja qilish yoki aseptika maqsadida bemor yuziga qoʻyiladigan maxsus moslama yoki doka; 4) kosmetikala davo yoki terini parvarish qilish maqsadida yuz yoki boʻyinga surtiladigan krem yoki dori qatlami; 5) sportchining himoya aslahasi (qilichbozlik, xokkey va boshqa oʻyinlarda). Yuzini shikastlanishdan saqlaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil