Kontent qismiga oʻtish

Masonlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Masonlik (inglizcha: freemasonry) falsafiy-etik oqim boʻlib, XVIII asrda sirli xalqaro tashkilot oʻlaroq paydo boʻlgan.[1] „Mason“ soʻzi inglizcha freemason soʻzidan olingan boʻlib, soʻzma-soʻz „erkin quruvchi usta“, deb oʻgiriladi. Chunki, tashkilotga quruvchilar tomonidan asos solingan. Bu quruvchilar Sulaymon ibodatxonasi qurilganda birlashishgan. Hatto, tashkilot ramzida qurilishda ishlatiladigan sirkul va uchburchak chizgʻich tasvirlangan. Ularning ideologiyasiga koʻra, Xudo dunyoning meʼmori hamdir. Masonlik butun dunyo boʻyicha turli shakllarda mavjud boʻlib, uning aʼzolari tomonidan umumiy maʼnaviy va metafizik ideallarni boʻlishish bilan tavsiflanadi. Ulardan birinchisi oliy zotga ishonishdir. Masonlar Xudoga nisbatan „koinotning ulugʻ meʼmori“ atamasini ishlatishadi.[2][3]

  1. United Grand Lodge of England — History of Freemasonry
  2. Calderón, H. M. (1999). Definición de la francmasonería moderna y descripción de sus linderos. Pág. 18. México: Herbasa.
  3. Trueba Lara, J. L. (2012). Masones en México: historia del poder oculto. Colección Punto de Lectura núm. 2. México: Santillana. isbn 978-607-11-2357-2