Massa soni
Massa soni — atom yadrosidagi nuklonlar, yaʼni proton va neytronlarning yigʻindi soni. Yadrolarni belgilash uchun x belgidan foydalaniladi, bunda X — elementlarning kimyoviy belgisi, A — yadroning M.s,— yadrodagi protonlar soni. Masalan, nU belgisi tabiiy uran izotopini ifodalab, yadrodagi nuklonlar soni A=235 va neytronlar soni A—Z=235—92=143 ekanligini koʻrsatadi. Yadroning Massa soni kimyoviy element izotopi atomining butun songacha yaxlitlangan nisbiy massasidan farq qilmaydi. Yadro reaksiyalari va radioaktiv yemirilish jara-yonlarida Massa sonining miqdori oʻzgarmas kattalikdan iborat boʻlib qoladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |