Kontent qismiga oʻtish

Mastit (hayvonlarda)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mastit (hayvonlarda) — sigir va echkilar tuqqanidan keyingi davrda sut bezlarining yalligʻlanishi. Mexanik (lat yeyish va jarohatlanish, mashinada sut sogʻish qoidalarining buzilishi), termik (sovuk, urishi, kuyish) omillar, kimyoviy moddalar taʼsirida, mikroorganizmlar (stafilokokklar va boshqalar), mikoz kasalliklarda, yoʻldosh ushlanib qolganda, hazm organlari, buyrak faoliyati buzilganda M. paydo boʻladi. M. yalligʻlanishning harakteriga koʻra: seroz, kataral, fibrinoz, yiringli va gemorragik M.larga boʻlinadi. Kasallik oʻtkir, oʻrtacha va surunkali kechadi. Bundan tashqari, klinik M. va yashirin M.larga ajratiladi. Seroz yoki kataral M.da tana harorati 39—39,5°gacha koʻtariladi, hayvon holsizlanadi, yelin shishadi, qattiqlashadi, ogʻriydi, sut kamayadi, ivib qoladi, unga kon va yiring aralashgan boʻladi.

Davolash: ratsiondagi shirali ozuqalar kamaytiriladi: issiq, ionoforez, massaj qilinadi; yalligʻlanishga qarshi va yumshatadigan dorilar beriladi; bachadon, ichak, yurak, buyrak va boshqa davolanadi. Kasallangan hayvon suti antibiotiklar bilan davolash davrida va davolashdan soʻng 3—5 kun davomida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi.

Oldini olish: hazm qilish organlari kasalliklariga yoʻl qoʻymaslik, mashinada sut sogʻish texnologiyasi kridalariga rioya etish; yelin uchlari yorilganda oʻz vaqtida davolash, chor-vachilik binolarida yelvizakka yoʻl qoʻymaslik.

Hoshim Nurmamatov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil