Mastopatiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mastopatiya (mastit va yun. pathos — azoblanish, dard), fibroadenomatoz — sut bezi kasalligi (qarang Sut bezlari), bunda, kupincha, sut bezining yuqori qismida har xil kattalikda, ushlaganda qoʻlga unnaydigan, ogʻriqli (baʼzan ogʻriqsiz) mayda qattiq tugunchalar paydo boʻladi. Baʼzan ogʻriq hayz davrida yoki undan oldin kuzatiladi. M., koʻpincha, yoshroq ayollarda uchrab, odatda, ichki sekretsiya bezlari (gipatalamo — gipofizar sistema, tuxumdon, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez) faoliyatining izdan chiqishi oqibatida vujudga keladi, bu uzgarishlarga jinsiy organlarning turli yalligʻlanish kasalliklari va abort sabab boʻladi. Bunda prolaktin urtasidagi nisbatning buzilishi hamda gipofizning follakulni stimullovchi gormoni koʻp ishlab chiqarilishi mu-him rol oʻynaydi. M.ning diffuz, tu-gunli va proliferativ shakllari farq qilinadi. Sut bezida arzimagan uzgarishlar paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat etish va M.ga sabab boʻlgan omillarni davolash lozim.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |