Matahina koʻli
Matahina koʻli- Yangi Zelandiyaning Plenti koʻrfazidagi suv ombori hisoblanib, Te Mahoe aholi punktidan janubda va Rotoruadan 50 km sharqda joylashgan. Matahina koʻli 1967-yilda tamoman qurib bitkazilgan. Matahina koʻli Matahina elektr stantsiyasi va undan 86 m balandlikda boʻlgan Matahina toʻgʻonining Rangitaiki daryosiga quyilishi natijasida vujudga kelgan.
1969-yilda yangi zelandiyalik yozuvchi Barri Krump Matahina koʻliga mashina haydab ketayotgan paytda besh yosh bola choʻkib ketayotganiga koʻzi tushadi va darhol uni qutqarishga oshiqadi[1]. Afsuski oxir oqibat yakunda Barri Krump qancha harakat qilsada harakatlari besamar ketadi va bolakay hayotini saqlab qololmaydi Barri Krump ushbu voqeada bolaning oʻlimida ayblangan, ammo bu ayblovlar keyinchalik olib tashlangan[2] . Barri Krumpning sobiq rafiqlaridan biri Fler Adkokning aytishicha, bolaning vafot etganiga Barri Krumpning beparvoligi sabab boʻlgan[1]. Matahina koʻlidagi ushbu voqea 1969-yilda boʻlganligi tarixda maʼlum.
Chuqurligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻlning maksimal chuqurligi 50 metr (160 ft), nisbiy chuqurligi 13 metr va yillik oʻzgaruvchan suv sathi atiga 0.5 metr (1.6 ft) dan 0.75 metr (2.5 ft) gachani tashkil etadi. Koʻlning yuqori qismidagi oqimi sayoz (1metrdan 4 metrgacha), kichik vodiy yonida joylashganligi sababli , Matahina koʻli bilan vodiy orasida tabiiy hosil boʻlgan siqilgan egri shaklga ega kanali bor. Ushbu vodiydan uzoqlashgani sayin Matahina koʻlining chuqurligi va kengligi ortib boradi. Toʻgʻon orqasidagi havzada esa Matahina koʻlining chuqurligi 40 metr (130 ft) dan 50 metr (160 ft) gachani tashkil qiladi.
Matahina koʻli darajalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻlning ish darajalari quyidagicha[3][4]:
Tavsif | Daraja | Izohlar |
---|---|---|
Toʻfon darajasini loyihalash | 76,8 m RL | „Favqulodda vaziyat“ holatlaridan tashqari (Trustpowerning „Matahina koʻli toshqinini boshqarish rejasi“da belgilanganidek) bu darajadan oshmasligi kerak. |
200 birlikdan kam boʻlgan toshqin paytida koʻlning maksimal darajasi | 76,4 m RL | Bu sarf boʻlayotgan suv oqimining eng yuqori darajasi. |
Maksimal normal ish darajasi | 76,2 m RL | Oddiy yuqori ish chegarasi. |
Minimal normal ish darajasi | 73,15 m RL | Oddiy pastki ish chegarasi |
Minimal daraja (toshqin kutilmoqda) | 71,60 m RL | Bu darajadan past avlod yoʻq. |
Ekstremal minimal daraja (katta suv toshqini >500) | 70,0 m RL | 71,6 dan pastga tushish uchun Koʻrfaz mintaqaviy kengashining roziligi talab qilinadi. |
Sedimentatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matahina toʻgʻoni yaratilishi Rangitaiki daryosi boʻylab choʻkindilarning dengizga harakatlanishiga samarali tarzda toʻsiq boʻlgan. Toʻgʻondan oldingi yillik choʻkindi oqizish koʻrsatkichlari daryoning oʻzaniga yaqin joydagina toʻxtatilgan va qatlamli choʻkindilar mos ravishda 188 000 – 201 000 tonnani tashkil etgan, ammo toʻgʻondan keyingi ekvivalent qiymatlar 10 000 – 65 000 tonnagacha kamaygan. Choʻkindilarning bu tutilishi daryoning quyi oqimidagi koʻtarilishni va Rangitaiki tekisliklarining qirgʻoq boʻylab harakatlanishini toʻxtatdi yoki sezilarli darajada kamaytirdi[5].
Choʻkindilarning asosiy ushlab qolinishi 1982-yilda qurib bitkazilgan Aniwhenua toʻgʻonining yuqori oqimda sodir boʻladi lekin bunga qaramay Matahina koʻlining chuqur qismida choʻkindi miqdori kundan kunga ortib bormoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Poet Fleur Adcock attacks her ex-husband Barry Crump in verse“ (en-NZ). NZ Herald. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
- ↑ Taonga. „Biography“ (en). teara.govt.nz. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
- ↑ Rangitāiki River Scheme Review – April 2017 Flood Event (Report). Rangitāiki River Scheme Review Panel. September 18, 2017. pp. 15, 16, 73, 75. https://www.orc.govt.nz/media/4091/09-technical-committee-agenda-attachments-29-november-2017.pdf. Qaraldi: September 9, 2021.
- ↑ „Resource Consent 65750“. Bay of Plenty Regional Council. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
- ↑ Millais, Peter (May 13, 2009). Matahina Hydroelectric Power Scheme Reconsenting Project: River Hydrology, Hydraulics and Bank Erosion (Report). Beca Infrastructure Ltd. pp. 16. Archived from the original on 2021-10-09. https://web.archive.org/web/20211009044057/https://www.rrsr.org.nz/wp-content/uploads/Page%201/65750%20Matahina%20Hydroelectric%20Power%20Scheme%20Reconsenting%20Project%20May%202008%20Appendix%205%20-%C2%A0Hydrology%20%26%20River%20Hydraulics%C2%A0Assessment.pdf. Qaraldi: September 20, 2021.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rangitaiki daryosi, Matahina toʻgʻoni . Koʻlda suzish imkoniyatlarini tasvirlaydi.