Matluba Usanova
Qiyofa
Matluba Usanova—sharqshunos filolog, arabshunos, tarix fanlari nomzodi. 1938-yil Oʻsh shahrida (Qirgʻiziston) tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1964-yil bitiruvchisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1965–1990-yillar Oʻz FA Tarix va arxeologiya institutining Oʻzbekistonning qadimgi va oʻrta asr davri tarixi boʻlimida avval katta laborant, keyin kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim. 1990-yildan nafaqaga chiqquncha, OʻzFA SHI manbashunoslik va qoʻlyozmalarni tavsiflash boʻlimida katta ilmiy xodim.
Ilmiy yoʻnalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Osiyoda mato ishlab chiqarish tarixi, manbashunoslik. 20 dan ortiq ilmiy va ommabop ishlar muallifi.
Asosiy ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Oʻrta Osiyoda IX – X asrlarda toʻqimachilik ishlab chiqarish tarixi”. – T., 1989.
- K istorii gorodov Xorezma X veka // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Toshkent, 1985. – №6. – S.46–49.
- Muqanna haqida soʻz // Saodat. – Toshkent, 1988. – №11.
- Paxta tolasidan chiqarilgan matolar // Adabiy meros. – Toshkent, 1989.
- Iz istorii tekstilnogo proivodstva v Sredney Azii IX – XII vekov (o tkani “dibadj”) // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Toshkent, 1989. – №7. – B. 36–40.
- K istorii proizvodstva lnyanыx tkaney v srednevekovoy Sredney Azii // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Toshkent, 1989. – №11. – S.37–41.
- “Zandanachi” matosi toʻqib chiqarish tarixidan // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1993. – №6.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O'zbekiston sharqshunoslar bibliografiyasi, Toshkent, 2021
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |