Kontent qismiga oʻtish

Mato Jajalo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mato Jajalo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mato Jajalo
Tavallud sanasi 25-may 1988-yil (1988-05-25) (36 yosh)
Tavallud joyi Jajce, Yugoslaviya SFR
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Udinese
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993-1999 DJK Eiche Offenbach
1999-2007 Slaven Belupo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2009 Slaven Belupo 63 (8)
2009-2011 Siena 25 (0)
2010-20111. FC Köln (ijara) 30 (2)
2011-2014 1. FC Köln 60 (3)
2014Sarajevo (ijara) 9 (0)
2014-2015 Rijeka 18 (1)
2015-2019 Palermo 138 (6)
2019- Udinese 52 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Xorvatiya U20 7 (1)
2007—2010 Xorvatiya U21 21 (4)
2014—2015 Xorvatiya 2 (0)
2016— Bosniya va Gersegovina]] 11 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

Mato Jajalo (talaffuzi: Mato Yayalo;1988-yil 25-mayda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Udinese“ klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Jajalo professional faoliyatini NK Slaven Belupoda boshlagan, 2009-yilda Sienaga qoʻshilgan. Keyingi yili 1. FC Köln shartnoma imzoladi. 2014-yilda Sarajevoga ijaraga yuborilgan. Oʻsha yilning oxirida Rijekaga oʻtdi. Jajalo 2015-yilda Palermoga koʻchib oʻtgan. Oradan 4 yil oʻtib „Udinese“ bilan shartnoma imzoladi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosniya urushi boshlanganligi sababli, Jajaloning oilasi vatani Bosniya va Gersegovinadan qochib, Germaniyaga koʻchib oʻtdi va 1999-yilda Slaven Belupo jamoasining yoshlar tarkibiga qoʻshildi. 2007-yil 22-iyulda 19 yoshida Osijekka qarshi o‘yinda professional debyut qilgan. 5-avgust kuni Zagreb ustidan qozonilgan gʻalabada oʻzining birinchi professional golini kiritdi[1].

2009-yil iyun oyida Jajalo Italiyaning „Siena“ jamoasiga oʻtdi[2].

2015-yilning yanvarida Jajalo 2019-yilning iyunigacha shartnoma asosida Palermoga oʻtdi[3]. Jamoadagi rasmiy debyutini 1-fevral kuni Hellas Veronaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[4]. 24-may kuni „Fiorentina“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini urdi[5].

2017-yilning aprel oyida „Palermo“ B seriyaga tushib ketganiga qaramay, Jajalo klubda qolishga qaror qildi[6].

2018-yilning 2-aprelidagi „Parma“ga qarshi oʻyin Jajaloning 100-o‘yini boʻldi[7].

2019-yilning iyun oyida Jajalo „Udinese“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[8]. 18-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Südtirolga qarshi oʻyinda klub safida debyut qildi[9]. Bir hafta oʻtgach, „Milan“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi[10].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiyani turli yoshlar darajasida himoya qilganidan soʻng, Jajalo 2014-yil 12 noyabrda Argentinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida katta terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Dražen Ladić bosh murabbiyligidagi 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi sardori boʻlib oʻynagan[11]. Biroq 2016-yilning mart oyidan Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynashga qaror qildi[12].

Iyul oyida uning sport fuqaroligini Xorvatiyadan Bosniyaga oʻzgartirish haqidagi iltimosi FIFA tomonidan maʼqullangan edi[13]. Keyinchalik, sentyabr oyida Belgiya va Kiprga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlariga ilk bora chaqiruv oldi[14].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Slaven Belupo 2007—2008 Xorvatiya futbol ligasi 31 4 3 0 3[lower-alpha 1] 0 - 37 4
2008—2009 Xorvatiya futbol ligasi 32 4 2 0 4[lower-alpha 2] 0 - 38 4
Jami 63 8 5 0 7 0 - 75 8
Siena 2009—2010 Serie A 25 0 1 0 - - 26 0
1. FC Köln (ijara) 2010—2011 Bundesliga 30 2 3 0 - - 33 2
1. FC Köln 2011—2012 Bundesliga 31 3 2 2 - - 33 5
2012—2013 Bundesliga 24 0 2 0 - - 26 0
2013—2014 2. Bundesliga 5 0 1 0 - - 6 0
Jami 90 5 8 2 - - 98 7
Sarajevo (ijara) 2013—2014 Bosniya Premyer-ligasi 9 0 6 1 - - 15 1
Rijeka 2014—2015 Xorvatiya futbol ligasi 18 1 2 1 12[lower-alpha 3] 0 1[lower-alpha 4] 0 33 2
Palermo 2014—2015 Serie A 16 1 - - - 16 1
2015—2016 Serie A 28 0 1 0 - - 29 0
2016—2017 Serie A 26 1 0 0 - - 26 1
2017—2018 Serie B 35 1 2 0 - 4[lower-alpha 5] 0 41 1
2018—2019 Serie B 33 3 2 0 - - 35 3
Jami 138 6 5 0 - 4 0 147 6
Udinese 2019—2020 Serie A 26 0 2 0 - - 28 0
2020—2021 Serie A 1 0 1 0 - - 2 0
2021—2022 Serie A 22 0 2 0 - - 24 0
2022—2023 Serie A 3 0 1 0 - - 4 0
Jami 52 0 6 0 - - 58 0
Jami faoliyati 395 20 33 4 19 0 5 0 452 24
  1. appearances in UEFA Cup qualifying
  2. appearances in UEFA Cup qualifying
  3. 6 appearances in UEFA Europa League qualifying, 6 appearances in UEFA Europa League
  4. appearance in Croatian Super Cup
  5. appearances in Serie B promotion play-offs
18-noyabr, 2019-yil holatiga koʻra[16]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gersegovina 2016 2 0
2017 5 0
2018 0 0
2019 4 0
Jami 11 0

Sarajevo

  • Bosniya kubogi: 2013—2014

Rijeka

  • Xorvatiya Superkubogi: 2014-yil
  1. „Jajalova ispovijed: Nogomet sam počeo igrati kao bosanski izbjeglica na ulicama Offenbacha“ (Croatian). index.hr (2011-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 16-yanvar.
  2. „Jajalo iz Slaven Belupa potpisao za Sienu“ (Bosnian). sportsport.ba (2009-yil 1-iyun). Qaraldi: 2009-yil 1-iyun.
  3. „Mato Jajalo potpisao za Palermo“ (Bosnian). sportsport.ba (2015-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 30-yanvar.
  4. „Strinić asistirao za pobjednički gol Napolija u Veroni, Jajalo debitirao za Palermo“ (Croatian). index.hr (2015-yil 1-fevral). Qaraldi: 2015-yil 4-fevral.
  5. „Jajalo zabio golčinu, Fiorentina i Genoa izborile Europu“ (Croatian). index.hr (2015-yil 24-may). Qaraldi: 2015-yil 24-may.
  6. „Jajalo: Cilj je Serie A, dužni smo to ovom gradu“ (Bosnian). sportsport.ba (2017-yil 10-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  7. „Fantastičan derbi u Serie B pripao sve boljoj Parmi, Jajalo asistent“ (Bosnian). scsport.ba (2018-yil 2-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.[sayt ishlamaydi]
  8. „Mato Jajalo napustio Palermo i potpisao za Udinese“ (Bosnian). klix.ba (2019-yil 11-iyun). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
  9. „Udinese ubjedljiv protiv niželigaša u italijanskom Kupu“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 18-avgust). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
  10. „Jajalo i Udinese iznenadili Milan, Krunić će sačekati na debi“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2019-yil 25-avgust). Qaraldi: 2019-yil 28-avgust.
  11. „Ratoborni veznjak: Mato Jajalo može biti od velike koristi bh. reprezentaciji“ (Bosnian). klix.ba (2016-yil 9-iyul). Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  12. „Baždarević: Odlično je što Jajalo i Milićević žele igrati za BiH, sada je sve na njima“ (Bosnian). avaz.ba (2016-yil 4-mart). Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  13. „Mato Jajalo dobio pravo nastupa za reprezentaciju BiH“ (Bosnian). radiosarajevo.ba (2016-yil 8-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
  14. „Baždarević objavio spisak igrača za Belgiju i Kipar, pozvao Jajala, povratak Sušića i Hajrovića“ (Bosnian). klix.ba (2016-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-sentyabr.
  15. „M. Jajalo“. soccerway.com. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
  16. „Mato Jajalo“. eu-football.info. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.