Matpano Xudoyberganov
Matpano Xudoyberganov (taxallusi Suxanvar; 1888, Xiva — 1960, Urganch) — xonanda (lirik tenor), sozanda (tanbur, dutor), maqomchi, shoir. Sozandalikni, xalq musiqasi va Xorazm maqomlarini otasi Xudoybergan muhrkan va Matyoqub Xarrashovsap oʻrgangan. Sozchilar uyushmasi ansambli (192532), Urganch teatra (193234), Milliy estrada (1934—40)da sozanda va xonanda, maqomchilar ansambli rahbari (1942—47). Xorazm maqomlari va suvora yoʻllarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Xudoyberganovning keng ovoz diapazoniga asoslangan nafis xonandalik uslubi shogirdlari Boltayev, K.Otaniyozov, N.Yusupovalar ijrochiligida oʻz aksini topgan. Xudoyberganovning rahbarligi va nazorati ostida Sanʼatshunoslik institutida Xorazm maqomlarining ashula yoʻllari (H. Boltayevdan Buzruk, K. Otaniyozov, K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh) magnit lentasiga yozib olingan (1949—52). Shogirdi M.Yusupov Xudoyberganovdan oʻrgangan Xorazm maqomlarini toʻla notaga olgan va nashr ettirgan ("Oʻzbek xalq musiqasi", 6j., 1958; "Xorazm maqomlari", 1—3 j., 1980—87). Xudoyberganovning yozgan gʻazallari Nasrulloyi, Nasri Rost kabi makom va anʼanaviy suvora turkumidagi kuylarda aytyladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |