Kontent qismiga oʻtish

Matvafo karvonboshi savdo uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matvafo Karvonboshi savdo uyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi aktiv
Turi turar joy
Joylashuvi O'zbekiston ko'chasi
Shahar Urganch
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi tugagan 2013-yil (restavratsiya)
Balandligi
Balandligi 6.36 metr[1]
Texnik holati
Material pishgan g'isht
Qavatlar soni 1

Matvafo karvonboshi savdo uyi – Xorazm viloyati Urganch shahrida Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan. Savdo uyi Matvafo tomonidan qurilgan boʻlib u oʻz ichiga mehmonxona, Matvafo karvonboshining idorasi, oʻlchash va qabul qilish punktlaridan tashkil topgan.[2] Savdo uyi 1910-yilda qurilgan boʻlib, Yangi hayot mahallasi, Najmiddin Kubro koʻchasi 27-uyda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2014-yil 5-dekabrdagi qaroriga muvofiq Matvafo Karvonboshi uyi garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin bo;l, agan obyektlar sirasiga kiritildi.[3]

Matvafo karvonboshi xivalik boylardan biri boʻlib, savdogarchilik bilan shugʻullangan. Obyekt 1910-yildagi Xiva xonligi elchilarining Nikolay II bilan samarali uchrashuvidan soʻng barpo etilgan. Matvafo savdo uyi pishgan gʻishtdan qurilgan,. Bino 1987-yilda qayta taʼmirlandi. 2013-yilda qaytadan restavratsiya ishlari olib borildi va hozirgi kunda bank kolleji oʻquv binosi sifatida foydalanilmoqda.[4]

  1. https://deshon-qala.uz/35.html
  2. https://uzheritage.org/uz/objects/14938
  3. „Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli qarori“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktabr.
  4. https://uzheritage.org/uz/objects/14938