Kontent qismiga oʻtish

Matyusuf Xarratov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Matyusuf Xarratov (taxallusi Chokar) (1889, Xiva, Shayxlar qishlogʻi – 1952, Toshkent) – xonanda, sozanda (chang, tanbur), bastakor, shoir. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Xarratov Matyoqubning oʻgʻli. Yoshligidan musiqachi va shoirlar muhitida oʻsgan. Xorazmda birinchi musiqa maktabi tashkilotchisi va rahbari (Xiva, 192328), Samarqanddagi musika va xoreografiya institutida oʻqituvchi (192832), Oʻzbekiston radiosi (Toshkent, 1935—37) va Navoiy teatri (1937—50)da sozanda. Moskvadagi oʻzbek sanʼati dekadasi qatnashchisi (1937). Xarratov qoʻshiq („Sevikli Vatan“, „Bahodir yigitlar“, „Ey mexribonim“ va boshqalar), „Kolxoz marshi“ kabi kuylar muallifi. Chang diapazonini kengaytirib (xromatik tovushqator tuzib), uni takomillashtirish ustida ishlagan (1935). B. Rahmonov bilan hamkorlikda „Xorazm musikiy tarixchasi“ kitobini yozgan (M., 1925). Chokar taxallusi bilan yozgan sheʼrlari oʻzi tuzgan qoʻlyozma devon va turli bayozlarga kiritilgan, vaqgli matbuot va toʻplamlarda nashr qilingan. Sheʼrlari demokratik va maʼrifatparvarlik goyalari bilan sugorilgan. Oʻgʻli Fozil X. – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, zamonaviy chang ijrochilik maktabining asoschisi.[1]

  • Olimboyeva K., Ahmedov M., Oʻzbekiston xalq sozandalari, T., 1959.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Sheʼrlar, T., 1974.