Maulen Ashimbaev
Maulen Ashimbaev | |
---|---|
qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев | |
Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati raisi | |
Mansab davri 2020-yil 4-may | |
Prezident | Qasim-Jomart Toqayev |
Oʻtmishdoshi | Darigʻa Nazarboyeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1971-yil 28-yanvar Olma-Ota, Qozoq SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Siyosiy partiyasi | Amanat partiyasi |
Taʼlim | Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Jons Xopkins universiteti, Tufts universiteti |
Ilmiy unvoni | Siyosat fanlari nomzodi (2001) |
Mukofotlari | Baris ordeni |
Maulen Sagʻatxanuli Ashimbaev (qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев, Mäulen Sağathanūly Äşımbaev; 1971-yil 28-yanvar, Olmaota) — iqtisodchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisining V chaqirigʻining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi boʻlgan, "Nur Otan" partiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (2018-2019)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta juzning alban qabilasidan chiqqan.[2]
Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining iqtisod va sotsiologiya fakultetin tamomlagan (1993), iqtisodchi, siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Siyosiy fanlarining. "Hurmat" ordeni bilan taqdirlangan.
Xizmat yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetni tamomlagandan soʻng 1993-1994-yillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari vazirligi tizimida ishladi.
1994-1995-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatining yordamchisi.
1995-yilgi iyun-noyabr oraligʻida — Xavfsizlik Kengashi xodimlarining maslahatchisi boʻlgan.
1995-1999-yillar oraligʻida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Hokimligining Tahlil va strategik tadqiqotlar markazinig bosh eksperti, sektor mudiri, shu markaz yetakchisining birinchi o‘rinbosari.
1999-2000-yillari — Xavfsizlik kengashi tadqiqot markazining rahbari.
2000-2002-yillari — Xavfsizlik kengashi tahlil markazining rahbari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.
2002-2005-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.
2005-2006-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2006-2011-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.
2012-yilgi fevralidan boshlab V chaqiriqda saylangan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisining deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib saylangan. "Nur Otan" Xalq demokratik partiyasi aʼzosi, partiya roʻyxati boʻyicha saylangan.
2018-yil 1-fevraldan boshlab — „Nur Otan“ partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari.[3]
„Hurmat“ ordeni bilan taqdirlangan. 2003-yili Jon Xopkins universitetining Xalqaro tadqiqotlar maktabida (AQSh) ilmiy stajirovkadan oʻtti.
Ingliz tilini yaxshi biladi.
Oilali, uch farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qazaq televiziyasi. Ensiklopediya. — Almati: „QazAqparat“, 2009, 1-t. — 640 b. ISBN 978-601-03-0070-5
- ↑ {{{title}}}. ISBN 9965-00-838-8.
- ↑ [1], qosimsha mәtіn.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Majilisning tarkibi va tuzilishi, Maulen Sagathanuli Ashimbaev