Kontent qismiga oʻtish

Mavlanov Raxim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mavlanov Raxim
Tavalludi 1910-yil
Vafoti 1968-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari (Keyinchalik mahrum etilgan)

Mavlanov Raxim (1910-yil, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1968-yil) – Tojikiston SSR Kompartiyasi yetakchisi, 1957-yi]da „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ unvoni berilgan, biroq 1964-yil iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, ordendan mahrum etilgan[1].

Mavlanov Raxim 1910-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida ishchi oilasida tugʻilgan. Millati – tojik. U 1936-yil Stalinobod tumani komsomol komitetining birinchi kotibi boʻlgan. 1939-yilda esa Tojikiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi musiqa radioqoʻmitasi raisi boʻlgan. 1939-yil oxirida Dushanbe shahri komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimiga tayinlangan. Mavlanov Raxim 1940-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. U 1940-yildan 1941-yilgacha Tojikiston SSR Kommunistik partiyasining Markaziy Komiteti targʻibot boʻlimi rahbari boʻlgan. Mavlanov Raxim 1941-yildan 1946-yilgacha Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safida xizmat qiladi. Armiyadan qaytganidan soʻng, 1946-yilda Tojikiston SSR Kommunistik partiyasining Markaziy Qoʻmitasi kadrlar boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyatini boshladi. 1947-yilda u Voroshilovbal okrug qoʻmitasining birinchi kotibi boʻldi va 1950-yilgacha bu lavozimda ishladi. Mavlanov Raxim 1952-yilda Tojikiston SSR Kommunistik partiyasi Orjonikidzodobod tumani birinchi kotibi boʻlib ishladi. U rahbarlik qilgan tumanda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishlar sezilarli darajada oʻsganligi uchun SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1957-yil 17-yanvarda „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ ordeni bilan mukofotlangan.

Hibsga olinishi va vafot etishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1963-yil 14-avgust kuni Tojikiston SSR Oliy sudi Mavlanov Raximning ishini koʻrib chiqdi. Raxim Mavlanov Kommunistik partiyaning tuman birinchi kotibi boʻlgan paytida kolxozda ishlovchilardan 50 ming rubl pora olgani aniqlangdi. Natijada sud uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish boʻyicha hukm chiqardi hamda SSSR Oliy Kengashi Sovetidan Raxim Mavlanov olgan mukofotlarni bekor qilish boʻyicha iltimosnoma kiritdi. SSSR Oliy Kengashi Oliy Soveti 1964-yil 17-noyabrda davlatni aldaganligi hamda davlat va jamoat mablagʻlarini noqonuniy oʻzlashtirgani jinoyati bilan sudlanganligi uchun unga taqdim etilgan „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ ordenidan mahrum etdi. Mavlanov Raxim 1968-yil vafot etadi[2], biroq uning qayerda vafot etganligi boʻyicha hech qayerda maʼlumot uchramaydi.

  1. „Mavlanov raxim 1910-1968“. warhero.ru. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  2. „/MAVLYANOV Rahim/ [..1910 - ..“]. centrasia.org. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.