Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Soyiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavlono Soyiliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Xattot, Shoir

Mavlono Soyiliy (arabcha: مولانا صويلي — Mavlono Soyiliy (XV asrda yashagan)) — xattot va shoir.

Mavlono Soyiliy XV asrning 2-yarmida Qarshida tugʻilib, ijod qilgan xattot va shoir. U Hirotga borib, muqim boʻlib qolgan.[1]

Alisher Navoiy "Majolisu-n-nafois" asarida Mavlono Soyiliy haqda shunday yozgan: "Aningdek sariʼu-l-qalam kotib oʻz zamonida yoʻqtur. Har kunda 500 bayt osonlik bila bitar. Turkvash soda yigit koʻrunur. Ammo koʻrungandek emas. Bu yaqinda devon dogʻi tartibi huruf bila tuzatti…"

Alisher Navoiy shoirning quyidagi forsiy baytini keltirib oʻtgan:

Na bar zaxmash dilam paykoni on abroʻkamon dorad,
Ki baxri zaxmi digar obi hasrat dar dahon dorad.

Mazmuni: Uning qoshlari kamonidan otilgan oʻq dilimda yara ochdi, u esa yangi yara uchun ogʻzida hasrat suvini tutib turibdi[2].

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 610.
  2. Muhammadiev N. Nasaf va Kesh allomalari. — B. 67.