Mavluda Zohidova
Mavluda Zohidova | |
---|---|
Tavalludi |
1955-yil Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Qarshi davlat universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universitetin |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Mavluda Abdukarimovna Zohidova (1955-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavluda Zohidova 1955-yilda tugʻilgan. 1978-yilda Toshkent davlat universitetini fizik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan[1]. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 90 dan ortiq maqolalar va 8 ta oʻquv qoʻllanma muallifidir. Hozirgi kunda fizika fakultetida „Umumiy fizika“ kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlaydi. Oʻzining mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Yadro fizika“ institutida kichik ilmiy xodim lavazimida boshlagan. 1979—1986-yillar davomida Rossiya Fanlar Akademiyasining nufuzli ilmiy dargohlaridan biri „Umumiy fizika“ institutida (Moskva, IOFAN) Nobel mukofoti laureati, akademik Aleksandr Proxorov rahbarligidagi laboratoriyada ilmiy izlanishlar olib bordi[2]. „Shisha sirtida jaylashgan brom molekulalariga lazer nurining rezonans taʼsiri“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. „Quyosh energiyasi orqali fotosintetik jarayonlarni boshqaruvchi fluoressent metodlar“, „Mexanika va molekulyar fizikadan laboratoriya ishlari“, „Geliy-neon lazeri yordamida yorugʻlikning toʻlqin nazariyasini oʻrganish“, „Elektr“, milliy gvardiya kursantlari uchun yozilgan „Optika“, „Umumiy fizikadan praktikum“, „Fizikadan masala yechish uslublari“ oʻquv qoʻllanmalari muallifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Zohidova Mavlyuda Abdukarimovna“.