Kontent qismiga oʻtish

Maxsar ildiz filchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maxsar ildiz filchasi (Mesogriocus petraeus Faust.) — qattiqqanotlilar yoki qoʻngʻizlar turkumining filchalar yoki uzunburunlilar (Cur-culionidae) oilasiga mansub hasharot. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Jan. Qozogʻistonda uchraydi. Qoʻngʻizi maxsar ekinining ildiz boʻgʻimini, yosh maysalarning pastki qismini kemirib zararlaydi. Natijada yosh nihollar qurib qoladi va ekinlar siyraklashadi. Qoʻngʻizining uz. 4,0—4,5 mm, rangi qora, tanasi ustida kulrang tangachalar, qornining ostki tomonida oqimtir tukchalari bor. Boshi kalta hartumchadan iborat. Qoʻngʻizlik davrida qishlaydi. Mart—apr. oʻrtalarida qishlab chiqqan qoʻngʻizlari maxsar maysalarini kemirib zararlaydi. Oʻsimliklar soʻliy boshlaydi yoki zararlangan joyidan sinib ketadi. Yiliga bir marta avlod beradi.

Kurash choralari : ekin maydonlarga fozalon (2,0—2,3 l/ga) yoki de-sis (2,5% emulgirlanuvchi konsentrata; 0,3—0,5 l/ga) purkaladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil