Kontent qismiga oʻtish

Maxsus maktablar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maxsus maktablar — jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalari. Vazifasi — rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlardagi nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etib, ularning shaxsiyatini har jihatdan rivojlantirish va amaliy faoliyatga tayyorlash.

OʻzRda maxsus maktablar xalq taʼlimi tizimida boʻlib, asosan, Xalq taʼlimi vazirligi ixtiyorida. Ular maktablarning umumiy tamoyillari asosida tashkil qilinadi, lekin tuzilishi, taʼlimtarbiya metodlari jihatidan oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bunday maktablar maxsus oʻquv reja va dasturlari asosida ishlaydi. Eshitish, koʻrish qobiliyati va ali zaif bolalar uchun alohida darsliklar tuziladi.

Maxsus maktablarda taʼlim oliy maʼlumotli bakalavrdefektolog, defektologiya yoʻnalishi boʻyicha magistr (surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog, logoped) tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus maktablarda oʻquvchilar umumiy maʼlumot olish bilan birga hunar ham oʻrganadilar. Maxsus maktablar bolalar va oʻsmirlardagi nuqsonlarga qarab har xil turlarga boʻlinadi va oʻziga xos taʼlim metodlaridan foydalanadi.[1]

Maxsus maktablar:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil