Maxsus qahva
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Maxsus qahva (inglizcha: Specialty coffee)― yuqori sifatli qahvaning tovar toifasi. Maxsus qahva, asosan, 1000 m balandlikda oʻstirilgan arabikadan iborat. Bunday noqulay sharoitlarda qahva daraxtlari barcha sharbatlarni mevalarga berib, omon qolish uchun faol kurashadi, undan tashqari, donalar maxsus saralash jarayoni (15 bosqichgacha), yigʻish va qayta ishlash bosqichlaridan oʻtadi. Maxsus qahvaning donli qoplarida nafaqat u yetishtiriladigan mamlakatni, balki tuman yoki plantatsiyani ham koʻrsatib o'tiladi, shu bilan birgalikda, u har doim faqat bitta hosilning donasi hisoblanadi.
Maxsus qahva qahva sanoatining eng tez oʻsib borayotgan ulushini tashkil etadi. AQShda ushbu segment soʻnggi 25 yil ichida 1% dan 20% gacha oshdi.
Qahvaning umumiy global hosili yiliga taxminan 10 million tonnani tashkil etadi, ulardan faqat 8-10% maxsus tasnifga yuboriladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Specialty coffee" atamasi birinchi marta 1974-yilda „choy va qahva savdo jurnali“ da Erna Natsen (Erna Knutsen) tomonidan qo'llanilgan. U maxsus mikroiqlimda yetishtiriladigan ajoyib xushboʻy qahva donalariga murojaat qilish uchun foydalangan.
Tashkilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1982-yilda qahva ixlosmandlari tomonidan bir guruh Amerika (SCAA)[1] maxsus qahva uyushmasi tashkil etilgan. Ular standart tasnifga ega boʻlmagan yuqori sifatli qahvani alohida toifaga ajratishni boshladilar.
Yevropada bu yoʻnalish 1995-yilda, Venetsiyada maxsus qahvaga bagʻishlangan birinchi Yevropa konferensiyasi boʻlib oʻtgandan soʻng rivojlana boshladi[2]. 1998-yil 5-iyunda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada Italiya, Angliya, Shveysariya, Daniya va boshqa mamlakatlar vakillarini oʻz ichiga olgan, Yevropa (SCAE), maxsus qahva uyushmasi tashkil etildi. 2017-yil yanvar oyidan buyon ushbu ikki tashkilot rasman bitta — Maxsus qahva uyushmasiga birlashdi. Assotsiatsiyaga ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar, qovuruvchilar, chakana sotuvchilar va uskunalar yetkazib beruvchilar kiradi. Dunyo boʻylab qahva madaniyatini ommalashtirish uchun assotsiatsiya har yili barista chempionatlarini oʻtkazadi. Ushbu chempionatlarda anʼanaviy ravishda toʻrtta yo'nalish mavjud: klassik barista chempionati, latte sanʼati chempionati, qahva va spirtli ichimliklar chempionati va kap-testing oʻtkazish chempionati. Vakolatxonalar mavjud boʻlgan har bir mamlakatda gʻoliblar jahon chempionatiga boradigan milliy chempionatlar oʻtkaziladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „www.scaa.org“. 2010-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ „www.scae.com“ (deadlink). 2010-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2010-11-27 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Specialty Coffee Association of America (Wayback Machine saytida 2016-12-28 sanasida arxivlangan)
- Speciality Coffee Association of Europe (Wayback Machine saytida 2022-03-09 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |