Kontent qismiga oʻtish

Mayflover

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mayflover, may chechagi — ertapishar shaftoli navi. AQShda chiqarilgan (Shim. Xitoy ertapishar shaftoli navlari guruhiga kiradi). P.P.Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.-t. institutida navga ilmiy tavsif berilgan. Daraxti kuchli oʻsadi, shox-shabbasi keng, piramidasimon, qalin shoxlanadi. Bargi oʻrtacha, nashtarsimon. Gul kurtaklarining asosiy qismi bir yillik novdalaridajoylashadi. Martoxiri — aprel

ning boshlarida gullaydi. Guli ikki jinsli, katta, pushtirang, oʻzidan changlanadi. Mevasi iyunning 1-yarmida pishadi, yumaloq, yirik vazni 150—180 g. Tarkibida 12% quruq modda, 7,29% qand, 0,47% kislota bor. Poʻsti tukli, etidan oson ajraladi. Eti koʻkimtir-oq, sersuv, muloyim, shirin, danagidan ajramaydi, Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi. Sovuqqa chidamsiz, qishda —15-18° gacha, bahorda —4—6° sovuqqa bardosh beradi. Ekilgandan keyin 2—3-yili mevaga kiradi. 10—12 yilgacha yuqori hosil beradi. Har tupidan 50– 80 kg meva olish mumkin. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil