Mayin junli qoʻylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mayin junli qoʻylar - jun qoplami oʻta zich joylashgan tivit toifasidagi mayin toladan tashkil topgan qoʻylar guruhi. Mayin junli qoʻylarq. qadimdan urchitiladi. Avstraliya, Yevropa, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina va boshqa mamlakatlarda boqiladi.
Mayin junli qoʻylarq. teri sathining 1 sm2-maydonchasida 4— 11 ming jun tolasi joylashgan boʻlib, oʻrtacha diametri 25 mkm dan oshmaydi. Mayin junli qoʻylarq. junining jingalaklari bir meʼyorda. Tolaning 1 sm2 uzunligida 6—9 jingalak mavjud. Teri qatlamlaridagi yogʻ va ter bezlari mahsuli boʻlgan murakkab yogʻter aralashmalari jun tolalarini sirtdan qoplab, tashki muhitning noqulay sharoitlari (harorat, namlik) taʼsiridan va ifloslanishidan asraydi. Junining oʻrtacha uz. 7—10 sm.
Mayin junli qoʻylarq.larning asosiy mahsuloti bir xil tuzilishdan iborat, oq rang , ipaksimon tovlanuvchi, yuqori sifatli mayin jun. Yunonlar bu junni "oltin jun" deb atashgan. Junni qayta ishlash va toʻqimachilik sanoatida yuqori si-fatga ega boʻlgan silliq jun gazlamalar va movut ishlab chiqariladi.
Asosiy jun mahsulotidan tashqari, mayin junli qoʻylardan goʻsht ham olinadi. Shunga koʻra, Mayin junli qoʻylarq. 3 guruhga: jundor (ozarbayjon togʻ merinosi, Stavropol zotlari, sovet minorasi va boshqalar); jungoʻsht yoʻnalishidagi (Askaniya, Oltoykavkaz va boshqalar) va goʻsht-jun yoʻnalishidagi Mayin junli qoʻylarq. (arharomerinoslar va boshqa zotlar)ga boʻlinadi.
Mayin junli qoʻylarq. 1 kg tirik vazni hisobiga 50— 70 g va undan ham ortiqroq jun tola berishi bilan boshqa guruhlardan ustunlik qiladi, lekin jussasi maydaroq. Sovliqlarining tirik vazni 45–50 kg , qoʻchqorlarniki 80–90 kg . Bir ona qoʻydan kamida 2,5—3,0 kg sof jun tolasi olish mumkin.
Boshqa qoʻylarga nisbatan Mayin junli qoʻylarq. yashash sharoitiga oʻta talabchan. Ularni asrash, boqish, parvarish qilish maxsus tayyorgarlikni va eʼtiborni talab qiladi.
19-asrning 70—80 yillari va 20-asr boshlarida va oʻrtalarida Mayin junli qoʻylarq. Oʻzbekiston hududiga ham keltirilgan. Tosh-kent, Jizzax va boshqa viloyatlar xoʻjaliklarida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari va kuzatishlar natijasida respublikada yarim mayin junli qoʻychilik tarmogʻining paydo boʻlishi va shakllanishi birmuncha jadallashdi.
LL.Shchekin V. A., ChorvachilikT., 1960; Amirov A. Q. va boshqa, Chorvachilik, T., 1980.
Abdusattor Amirov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |