Kontent qismiga oʻtish

Mayin shoʻrxok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mayin shoʻrxok, changsimon tuz, tuzli momiq — tuproqning ivigan (koagulyasiyalangan) zarrachalari va shoʻrxok yuzidagi tuz kristallaridan iborat massa. Mayin shoʻrxok usti 0,5—1,0 sm qalinlikdagi tuzli qobiq (qatqaloq) bilan qoplangan. Asosan, gidromorf sulfatli shoʻrxoklar uchun xos. Grunt suvlar sathi yuza joylashgan yerlarda yoz oylarida natriy sulfat (Na2SO410H2O) tuproq yuzasiga jadal toʻplana boshlaydi, biroq suvda kam eruvchanligi tufayli qish (past harorat)da yogʻin suvlari bilan xloridlarga nisbatan sekin yuviladi. Shuning uchun ham bu tuzlar yil sayin tuproqning yuqori qavatlarida yigʻilib boradi. Quyosh nuri taʼsirida qurishi va yogʻingarchilik, hatto, shudring suvini shimishi natijasida Na2SO410H2Oning Na2SO4-3H2O va Na2SO4 ga doimiy qayta kristallanishi koʻpchilik jinslarning , ayniqsa, loy va mergellarning mayda changsimon zarrachalarga parchalanishiga sabab boʻladi. Mayin shoʻrxokdagi Na2SO4. ZN2O va Na2 SO4 ning miqdori tuproq hajmiga nisbatan 20—60%, CaSO4 va SaSO3 esa 10—25%ni tashkil qiladi. Mayin shoʻrxok uvalanuvchi boʻlgani uchun shamol taʼsirida oson buziladi va uzokdarga uchib atrofdagi tuprokdarning shoʻrlanishiga ham sabab boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil