Kontent qismiga oʻtish

Maykl Anti (jurnalist)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maykl Anti (Jing Zhao) — Xitoydagi siyosiy bloger.

Jing Zhao (Maykl Anti taxallusi bilan tanilgan) xitoylik jurnalist va siyosiy blogger, Xitoydagi matbuot erkinligi mavzusidagi postlari bilan tanilgan.[1] U 2000-yillarning oʻrtalarida „Xitoyning Internetdagi eng mashhur siyosiy bloggeri“ sifatida tasvirlangan. .[2][3]

Jing Zhao 1975-yilda Nankin shahrida musulmon oilasida tugʻilgan. U Nankin Normal universitetining sanoat elektr avtomatlashtirish mutaxassisligi boʻyicha oʻqidi va 1995-yilda universitetni tamomladi.1998-yildan boshlab u Internetda esseylar joylashtira boshladi va koʻp oʻtmay jurnalistga aylandi.[3] 2003-yilda Xitoy gazetasi siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻch sifatida yopiladi va buning natijasida Jing Zhao ham ishidan ayriladi. 2004-yil dekabr oyida Maykl Anti taxallusi ostida u blog ochdi, ammo bu blog 2005-yil avgustida Xitoyda bloklandi. Bu holat Antini Microsoft tomonidan joylashtirilgan MSN Spaces blogiga oʻtishga undadi.[3]

Maykl Antining blogi 2005-yil oxirida Xitoy hukumatining iltimosiga binoan Microsoft tomonidan oʻchirib tashlangandan soʻng u yanada eʼtiborga tushdi.[4][5][6] Uning blogi The Beijing News gazetasida uchta muharrirning ishdan boʻshatilishi haqida post eʼlon qilgani va obunachilarni bu gazetadagi obunasini bekor qilishga chaqirgani uning blogini oʻchirilishiga sabab boʻldi.[7] Uning faoliyati va vaziyati butun dunyo boʻylab asosiy mavzuga aylandi[7] va Gʻarb kompaniyalarining Xitoy senzura tizimidagi oʻrni haqida davom etayotgan munozaralarga hissa qoʻshdi.[3] Maykl Antining oʻzi oʻz blogi oʻchirilganidan gʻazablangan boʻlsa-da, xitoyliklar uchun Windows Live Spaces blogging dasturi kerakligini taʼkidladi.[8]

U Huaxia Times sharhlovchisi,[9] 21st Century World Herald muxbiri, 2003-yilda Bagʻdoddagi urush muxbiri, The Washington Post Pekin byurosi va The New York Times Pekin byurosida tadqiqotchi, Southern Metropolis Daily gazetasi sharhlovchisi hamda Far and Wide Journal noshiri hisoblanadi .

2008-yil sentyabrdan 2009-yil martigacha Shantou universitetining Cheung Kong jurnalistika va kommunikatsiya maktabida loyiha direktori lavozimida ishlagan.

U Kembrij universitetidagi Wolfson matbuot stipendiyasi va Garvard universitetidagi Nieman stipendiyalari gʻolibi

Maykl Anti 2011-yil 8-sentyabrda Germaniyaning Potsdam shahrida „M100 Sanssouci Media Award 2011“ bilan taqdirlangan.[10]

  1. Jessica Chen Weiss. Powerful Patriots: Nationalist Protest in China's Foreign Relations. Oxford University Press, 2014 — 171–-bet. ISBN 978-0-19-938756-4. 
  2. James F. Scotton. New Media for a New China. John Wiley & Sons, 8 March 2010 — 28–-bet. ISBN 978-1-4051-8796-1. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Thompson, Clive. „Google's China Problem (and China's Google Problem)“ (en-US). The New York Times (2006-yil 23-aprel). Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  4. Brook, Stephen. „Microsoft defends pulling plug on Chinese blogger“. The Guardian (2006-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  5. Patricia Moloney Figliola. U. S. Initiatives to Promote Global Internet Freedom: Issues, Policy, and Technology. DIANE Publishing, August 2010 — 6–-bet. ISBN 978-1-4379-3197-6. 
  6. Hearn, Kay (2009-12-01). „The management of China's blogosphere boke (blog)“. Continuum. 23-jild, № 6. 887–901-bet. doi:10.1080/10304310903294770. ISSN 1030-4312.
  7. 7,0 7,1 Esarey, Ashley; Qiang, Xiao (October 2008). „Political Expression in the Chinese Blogosphere: Below the Radar“. Asian Survey (inglizcha). 48-jild, № 5. 752–772-bet. doi:10.1525/AS.2008.48.5.752. ISSN 0004-4687.
  8. „Roundtable: The Struggle to Control Freedom“. PBS.org (2005-yil 11-aprel).
  9. „Archived copy“. 2008-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-mart.
  10. „Michael Anti was awarded M100 Sanssouci Media Award 2011“. The China Times. 2011-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-sentyabr.