Kontent qismiga oʻtish

Mayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mayl — tirik organizmning biror ehtiyojini qondirishga intilishi. U qoʻmsash, noaniq ichki dard, sababsiz zerikish tuygʻulari tarzida kechishi mumkin. Intilish, havas, tilak, xohish, ishtiyoq, hatto orzu koʻrinishlarida ham mujassamlashali. U bajo keltirilgan taqdirda kishiga mamnuniyat baxsh etadi. M. kishidagi qobiliyat yoki endigina shakllanib kelayotgan individual hislatlarning darakchisi sifatida erta namoyon boʻladi. M.larning baʼzilari rivojlanib, shaxsiy ehtiyoj va qiziqishga aylanadi, baʼzilari esa tormozlanib, batamom barham topali yoxud birining oʻrnini ikkinchisi egallayli. Ijobiy yo salbiy, kuchli yoki zaif, koʻlami keng yoki tor, barqaror yo oʻtkinchi M.lar boʻladi.

Odatda, M.-istakning orzu tizimi izchil bogʻliqlikka ega. M.ning anglashilgan darajasi moyillik deb ataladi. Moyillik shaxsni aniq faoliyat bilan shugʻullanishga qoʻzgʻatuvchi turtkidir. Moyillik negizida faoliyatga yoʻnaltirilgai barqaror ahtiyoj va unga taallukli koʻnikmalarni takomillashtirishga intilish yotadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil