Maylin Wende
Maylin Wende (Hausch) | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Olmoniya |
Tavalludi |
22-sentyabr 1988-yil Stuttgart |
Boʻyi | 1.54 m (5 ft 1 in) |
Sherigi | Daniel Wende |
Oldingi sheriklari | Steffen Hörmann |
Oldingi murabbiylari | Karel Fajfr |
Oldingi xoreograflari | Anjelika Krylova, Pasquale Camerlengo, Frank Dehne, Rostislav Sinicyn |
Jamoasi | EC Oberstdorf |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Oberstdorf |
Uchishni boshlagan | 1992 |
Yakunlagan | 2014 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 2013 Nebelhorn Trophy |
Qisqa dastur |
61.00 2013 Nebelhorn Trophy |
Erkin dastur |
113.88 2013 Nebelhorn Trophy |
Maylin Wende (talaffuzi: Maylin Vende; 1988-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan germaniyalik figurali uchuvchi. Turmush oʻrtogʻi va sportdagi jufti boʻlgan Daniel Wende bilan birga 2010 Trophée Eric Bompard musobaqasining bronza medali sovrindori, 2013 Nebelhorn Trophy turnirining kumush medali sovrindori va ikki karra Germaniya chempioni boʻlgan. Ular ikki marta Qishki Olimpiada oʻyinlarida (2010, 2014) qatnashgan, Yevropa chempionatida (2011, 2014) oltinchi oʻrindan joy olgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maylin Hausch 1992-yilda konkida uchishni boshlagan. U 2006-yilgacha yakka holda konkida uchib, 2004-yilda Germaniya oʻsmirlar va yangi konkida uchuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan milliy chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2].
Daniel Wende bilan juftligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hausch 2008-yilning sentyabrida Daniel Vende bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Ular Oberstdorfda mashgʻulotlar olib borishardi va juftlikka Karel Fajfr murabbiylik qilgan[3].
2010 — 2011-yilgi mavsumda Hausch / Wende juftligi Gran-pri turnirining 2010 Trophee Erik Bompard bosqichida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[4].
2011 — 2012-yillarda bu juftlik 2011 Nebelhorn Trophy musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular 2011 Skate America musobaqasida sakkizinchi o‘rinni egallaganlar.2012-yilgi Yevropa chempionatida Hausch / Vende juftligi yettinchi oʻrindan joy olgan.
Hausch / Wende juftligning 2012 — 2013-yilgi mavsumdagi mashgʻulotlari ularning oilalaridagi vafotlar va kasalliklar tufayli kech boshlandi; Natijada, juftlik 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasini tark etishdi. Wende 2012-yilning kuzida umurtqa pog‘onasi ogʻrigʻidan azob chekdi. Juftlik 2013-yili oʻtkazilgan Germaniya chempionatini tark etishdi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hausch va Wende 2013-yil iyun oyida turmush qurishgan.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wende bilan
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2013/2014 |
|
|
2011/2012 |
|
|
2010/2011 |
|
|
2009/2010 |
|
|
2008/2009 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash](Wende bilan)
Natijalar | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||
Musobaqa | 2008/09 | 2009/10 | 2010/11 | 2011/12 | 2012/13 | 2013/14 | 2014/15 |
Olimpiada | 17 | 13 | |||||
Dunyolar | 15 | 14 | 12 | 13 | 13 | ||
Yevropa chempionati | 8 | 9 | 6 | 7 | WD | 6 | |
GP Bompard | 3 | ||||||
Rossiya GP kubogi | WD | WD | |||||
GP NHK Trophy | 7 | ||||||
GP Skate America | 8 | ||||||
Bavarian Open | 1ㅤ | 1ㅤ | |||||
Nice kubogi | 3 | ||||||
Ice Challenge | 4 | 1ㅤ | 2 | ||||
Nebelhorn | 7 | 5 | 4 | 2 | |||
Ondrej Nepela xotirasi | 1ㅤ | ||||||
Milliy | |||||||
Germaniya chempionati | 2 | 1ㅤ | WD | 1ㅤ | WD | 2 | |
GP = Gran-pri; WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Eiskunstlauf – EM: Hausch/Wende müssen Start bei Eiskunstlauf-EM absagen“ (de). Deutsche Presse-Agentur. Süddeutsche Zeitung (2013-yil 10-yanvar). 2013-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Interview: Maylin Hausch and Daniel Wende“. figureskating-online.com (2013-yil 3-iyun). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Results Junior Ladies B 2004 German Nationals“. Eislauf-Union.de. 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Neues Paar am Start“ (de). Eislauf-Union.de (2013-yil 12-iyun). 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.