Kontent qismiga oʻtish

Maymurgʻ

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maymurgʻ (soʻgʻdiycha mann — qishloq, murg—oʻtloq, Seroʻtloq qishloq) —1) Samarqandlan jan.-sharkda joylashgan, uncha katta boʻlmagan Suk) mulki — rustoq. Xitoy manbalarila Ma, Mimo va Mimo-xe shaklida uchraydi. Markazi — hozirgi Quldoryupa shahri harobasi oʻrnida joylai!gan Boshda in. boʻlgan. M. soʻnggi antik davri (milodiy 4—5-asrlar) va ilk oʻrta asrlarda (6—10-asrlar) Sugd tarkibiga kirib, Dargʻom kanali boʻyidagi Sanjarfigonni oʻziga qaratgan. Dastlab M. tarkibiga Panjikept rayoni ham kirgan, lekin 7-asrda u mustaqil mulk sifatida ajrab chiqqan. M.ning nihoyatda ahamiyatga aga zkanligi uning huludida Samarqand voxasining asosiy sugorish tizimlari boshlangan toʻgʻon — Varagsarni joylashganligi edi. Milodiy 7-asrdai M. qisman Samarqandga qaram boʻlgan; M.ni xrkim zmas, sugd hukmdorlari xonadoniga mansub shaqar boshligʻi idora qilgan. Syuan Szathmpg maʼlumotiga koʻra (taxminan 630 yil), Mimo-xe M. vodiyning oʻrtasida joylashgan boʻlib. uning aylanasi 400500 li (200–250 km)ni tashkil etgan. 7-asrning 2-yarmida M. bilan Xitoydagi Tan sulolasi oʻrtasida muntazam aloqalar oʻrnatilgan. 8-asrning 2-yarmidan M. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan.

M.lagi togʻlardan oltin. temir, palaxsa toshlar qazib olingan. M.la mulkdor deqqonlarningsaroy, qasrlari koʻp boʻlgan. 10-asr arab tarixchilari maʼlumotiga koʻra, Samarqand rustoqlari orasila M. jur koʻkalamzor, qishloqlari va saroylari koʻp joylarlan biri boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil