Mayna
Mayna (Acridotheres tristis) — chumchuqsimonlar turkumi shaqshaqlar oilasiga mansub qush. Tanasining orqa va qorin tomoni qoʻngir, tumshugi va koʻzlarining atrofi sariq. Qanotlariping ostki qismi ola. Dumi va qanoti kalta va boshiga nisbatan yirik. Tanasining uzunligi 25 sm gacha, vazni 40–60 g . Daraxtlar, baʼzan binolar devorilagi kovaklarga, jarliklardagi yoriqlarga uya qoʻyadi. Bir yilda 2–3-marta bola ochadi; 4–5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini 2 hafta bosadi, tuxumdan chiqqan bolalari 25 kunda uchirma boʻladi. Mayna oʻtroq qush. Hindiston, Pokiston, Myanma, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va boshqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 20-asrning 50-yillarida tarqala boshlagan; hozirgi hamma hududlarda uchraydi. Hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi; pishgan mevalarni ham choʻqiydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |