Mayya Plisetskaya
Mayya Mixaylovna Plisetskaya (1925.20.11, Moskva) — balerina, baletmeyster. Xalq artisti (1959). 1943— 88 yillar Katta teatrda, 1988—90 yillar "Teatro liriko nasional" (Madrid) truppasining badiiy rahbari boʻlib ishlagan. Odetta-Odilliya ("Oqqush koʻli"), Kitri ("Don Kixot"), Karmen ("Karmen-syuita"), Avrora ("Uyqudagi goʻzal"), Anna Karenina ("Anna Karenina"), Raymonda ("Raymonda"), M. Ravelning musiqasi asosida qoʻyilgan "Bolero"dagi bosh partiya kabi rollari bilan mashhur boʻddi. Uning raqslari harakatlarning oʻzaro mosligi, taʼsirchanligi, joʻshqinligi bilan, rus xoreografiya mak-tabi anʼanalarining yangi zamonaviy balet sanʼatidagi novatorlik intilishlar bilan uygʻunlashib ketishi bilan ajralib turadi. "Anna Karenina" (jumladan, Oʻzbekistonda ham qoʻygan), "Chayka" baletlarini sahnalashtirgan. "Urush va tinchlik" filmi va "Fantaziya" televizion filmida su-ratga tushgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |