Kontent qismiga oʻtish

Me'morchilikda Konstruktivizim usuli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Konstruktivizm (lot. constructs — qurish, yasash) — XX asrning 20-yillari sanʼat va adabiyotida vujudga kelgan oqim. Dastlab meʼmorlikda qurilish texnikasi va texnologiyasi yutuqlari taʼsirida yuzaga keldi va rivojlandi. Konstruktivizm badiiy loyihalash (dizayn)ni shakllanishiga har taraflama imkon yaratdi. Konstruktivizm tarafdorlari atrof muhitni «qurish» vazifasini ilgari surdilar. Qurilgan bino va yaratilgan buyumlarni sodda va ixcham, qulay va maqsadga muvofiq boʻlishini eʼtirof etdilar. Meʼmor va rassomlar hamkorlikda odamlar yashaydigan muhitni yaratib, ularning kayfiyati, mehnat faoliyatiga taʼsir etish mumkin deb bildilar.

Konstruktivizm uslubidagi bino. Sank-Peterburg

Konstruktivizm — 1920-yilda hozirgi Rossiya hududida paydo boʻlgan arxitektura usuli hisoblanadi. Ushbu atama Sovet rassomlari va meʼmorlari tomonidan 1920-yilda ishlatilgan, ammo birinchi marta rasmiy ravishda 1922-yilda Aleksey GanningKonstruktivizm“ deb nomlangan kitobida belgilandi. Uslubning kelib chiqishiga asosiy sabab 1914—1918-yillarda boʻlib oʻtgan 1-jahon urushidan keyingi talafot va moliyaviy krizis hisoblanadi. Bu davrda aholini tezroq turar-joy bilan taʼminlash asosiy maqsad qilinib olingan. Shu bois, inshootlar tez, arzon va chidamli boʻlgan shartlar asosida qurilgan.

Asosiy gʻoyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstruktivizim  - arxitekturada inson atrofidagi moddiy muhitni qurish vazifasini ilgari surgan yoʻnalishdir. Birinchi marta konstruktivizim gʻoyalari Vladimir Tatlin tomonidan oʻzining mashhur „Xalqaro yodgorlik III“ minorasida mujassamlashgan. Ushbu meʼmoriy yoʻnalishdagi birinchi binolar sanoat edi. Petrogradda yodgorlik minorasini qurish rejalashtirilgan edi. Bino jahon ishchilar va dehqonlar hokimiyatining yuqori organlari uchun edi.

Vladimir Tatlin

Rus meʼmorligida konstruktivizimning asoschilari Aleksandr Viktor va Leonid Vesinlar, Muso Ginsburg va Ivan Leonidovlar. G’arbiy Yevropa funktsionalizmining yetakchisi Le Korbusier Aleksandr Vesinni „Konstruktivizmning asoschisi“, Ivan Leonidovni „Shoir va rus konstruktivizmining umidi“ deb atagan.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Fazoviy dizaynning yangi usullarini oʻzlashtirish
  • Shisha va betondan yasalgan chiziq va geometrik tekisliklarning ustunligini tasdiqlash
  • Aniq hisoblash, qurilish va bilimlarni sintez qilish, shakllarning soddaligi, ixchamligi va maqsadga muvofiqligi
  • Qatʼiylik, shakllarning geometriyasi, lakonizm, tashqi koʻrinishning monolitligi
  • Burchakli oynalar, vertikal aksentli zinapoyalar, silindrsimon shakllar ham uslubning aniq belgilaridir
  1. „https://qomus.info/oz/encyclopedia/k/konstruktivizm/“.[sayt ishlamaydi][1][sayt ishlamaydi]
  2. „https://gtmarket.ru/concepts/7047“.[2]
  3. „https://www.culture.ru/s/slovo-dnya/konstruktivizm/“.[3]