Medal yasash sanʼati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Medal yasash sanʼati, medalyerlik — tasviriy sanʼat (haykaltaroshlik)ning alohida sohasi; tanga va medal quyish uchun qolip, ularni zarb qilish uchun tamga (shtempel) yasash sanʼati, gliptika turi. Xom ashyo sifatida mayda shakllarni anik, bera oladigan mustahkam va shaklga oson beriluvchan metallar (mis, kumush, oltin va boshqalar)dan foydalaniladi. Nafis sanʼatning rivojlanish qonuniyatlariga boʻysungan Medal yasash sanʼatis. bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega: berilgan shakl (asosan, aylana) ichiga tasvirni joylashtirish, tasvir bilan yozuv uygʻunlashtirilgan kompozitsiya yaratish, tasvirda ramz, nishon, majozlarni keng qoʻllash va boshqa Medal yasash sanʼatis.ning yuzaga kelishi tanga pullarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Tanga zarb qilish miloddan avvalgi 8—7-asrlar (Lidiya va Yunoniston)da yuzaga kelgan. Tanga yasashda kandakori usulida tasvir tushirilgan bosma metall tamgʻalar qoʻllangan, ayrim hollardagina, ayniqsa, yirik tangalarni kuyishda sopol va gips qoliplardan foydalanilgan. Yunoniston tangalari uncha katta boʻlmagan va bir tomoniga ixcham va aniq tasvir ishlangan. Miloddan avvalgi 5—4-asrlarda tangalar yiriklashgan, ularga koʻp shaklli kompozitsiyalar joylashtirilgan; ellin davri (miloddan avvalgi 4—1-asrlar)da kompozitsiyaga hukmdorlarning portretlari, yozuvlar kiritilgan. Sharqda tangalarga yozuvlar (asosan, arab yozuvi) naqsh darajasida jozibador qilib ishlangan.
14—15-asrlar chegarasida Italiyada Uygʻonish davrida medal (yodgorlik nishoni) paydo boʻlgan. Italiya medallari kompozitsiyasining soddaligi, umumlashma shakllarning kenglikda erkin va uygunlikda joylanishi bilan ajralib turadi. 17-asrda metallurgiyada oʻta qattiq poʻlat qoliplar tayyorlashga imkoniyatlar yaratilgani Medal yasash sanʼatis.ni rivojlantirdi, tanga va medallarni koʻplab tayyorlash imkoni tugʻildi. Turli davrlar (ayniqsa, 19—20-asrlar)da tasviriy sanʼatda boʻlgani kabi Medal yasash sanʼatis. da ham turli (barokko, ampir, romantizm, impressionizm, kubizm va boshqalar) sanʼat oqimlarining taʼsiri kuzatiladi, ular taʼsirida soha ustalari yangi ifoda (ayniqsa, shakliy) vositalarini izladilar, qoʻlladilar; tangalar tayyorlashda yangi texnik vositalar qoʻllandi.
Zamonaviy Medal yasash sanʼatis. zamonaviy texnika yutuklari va badiiy ifoda vositalarini qoʻllagan holda rivojlanmoqda; yaratilayotgan medal va tangalardagi tasvirlar koʻtarinki ruhi, dadil va oʻtkir kompozitsiya yechimi, ifodali umumlashma obrazi, nafis shakli, rangbarang ijro usuli va badiiy uslublari bilan ahamiyatli. Tarixiy voqe-alar, muhim sanalar, fan va texnika yutuklari, jamoat va davlat arboblari va boshqa medal va tangalarda oʻz ifodasini topmoqda.
Oʻzbekistonda Medal yasash sanʼatis. sohasida S. Sharipov, V. Malaxov, A. Mamajonov va boshqa samarali ijod qilmoqda.
Tursunali Qoʻziyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |