Medialandshaft ma'nolari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Media landshaft — bu umuman barcha ommaviy axborot vositalarining dinamik toʻplami yoki maʼlum bir hududda (mamlakat, viloyat, shahar va boshqalar), ularning tarqalishi va aholi tomonidan talab darajasini oʻrganadigan jarayonga berilgan atamadir. Media landshaftini aniqlashda albatta nashrning tirajini, chiqarilish davriyligini, shaklini hisobga olinadi. Shunday qilib, bu funksiyalar media landshaftni aniqlashda asoslangan maʼlumotlarning umumiy tahlili aniqlash imkonini berdi. Bu atama birinchi marta 1986-yilda amerikalik faylasuf, sotsiolog hindistonlik antropolog Arjun Appadurai tomonidan taklif qilingan. U zamonaviy jamiyat tuzilishi nazariyasini taklif qiladi[1]. U tomonidan tomonidan bugungi jamiyatda ommaviy axborot vositalarining tabiatini oʻrganish va uni ommaga tanishtirish va translyatsiya qilish uchun taklif qilingan akademik atama boʻlib. Bu nafaqat ommaviy kommunikatsiyaning koʻplab turlari mavjudligini, balki ularning hamma narsaga kirib borishini, kundalik hayotning bir qismiga aylanishini anglatadi. Ommaviy axborot vositalari zamonaviy dunyoda odamlarning tasavvurida hal qiluvchi omil hisoblanadi[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]