Medina Warda Aulia
Medina Warda Aulia | |
---|---|
Mamlakat | Indoneziya |
Tugʻilishi |
7-iyul 1997-yil Jakarta, Indoneziya |
Saravha |
Xalqaro magistr, Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | (May 2022) (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2417 (Sentyabr 2015) |
Medina Warda Aulia (1997-yil 7-iyulda Jakartada tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi ayol.[1] U xalqaro usta, ayol grossmeyster unvonlariga ega.[2]
Shaxmatdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida koʻp marotaba ishtirok etgan. U oʻzining eng yaxshi natijasini 2012-yilda 4-oʻrinni egallagan holda koʻrsatdi.
2021-yil iyul oyida Medina Wrda Aulia Sochida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida ishtirok etdi, u yerda 1-raundda nemis shaxmatchisi Yan Shnayderni 2:0 hisobida magʻlub etdi va 2-raundda hindistonlik shaxmatchi Harika Dronavalliga 0:2[3] hisobida yutqazib qoʻydi.
Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE Medina Warde Auliaga 2012-yilda ayollar xalqaro ustasi (WIM) va 2013-yilda ayollar xalqaro grossmeysteri (WGM) unvonlarini berildi.[4] 2020-yilda u hatto erkaklar xalqaro ustasi (IM) unvonini ham oldi.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Medina Warda Aulia 2008-yilda maktablar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha 4-jahon chempionati 11 yoshgacha boʻlgan qizlar turnirida gʻolib boʻlgan.
- 2010-yilgi 10-ASEAN+ yosh shaxmatchilar guruhlari chempionatining 12 yoshli qizlar orasida boʻlgan baxslarda 1-oʻrinni egallagan.
- Shaxmat boʻyicha 2-Asean chempionati-2011 ayollar oʻyinlarida ham gʻolib boʻladi.
- 2011-yil Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarining ayollar oʻrtasidagi shaxsiy blits shaxmatida kumush medali sohibiga aylanadi.
- 2013-yil Janubi-Sharqiy Osiyoda Ayollar oʻrtasidagi xalqaro tezkor va xalqaro blits shaxmat oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritadi.
- 2021-yili Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ayollar jamoasida rapid shaxmat uslubi oʻyinlarida oltin medalga loyiq koʻriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Calon Grand Master Termuda“. Tempo. 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
- ↑ „FIDE Chess Profile“. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
- ↑ „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
- ↑ „4th quarter Presidential Board Meeting, Chennai, IND, 8-9 November 2013“. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.