Kontent qismiga oʻtish

Meg Whitman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meg Whitman
AQShning Keniyadagi elchisi
Mansab davri
2022-yil 5-avgust – hozirgi kungacha
Prezident Joe Biden
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Margaret Cushing Whitman

1956-yil 4-avgust
Xantington, Nyu-York, AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachi
Turmush oʻrtogʻi Griffith R. Harsh
Taʼlim

Prinston universiteti (AB)

Harvard universiteti (MBA)

Margaret Cushing Whitman (1956-yil 4-avgustda tugʻilgan) — AQShning Keniyadagi elchisi, amerikalik biznes boshqaruvchisi va Kaliforniya gubernatorligiga sobiq nomzod. U Procter & Gamble va General Motors boshqaruv kengashi aʼzosi. Whitman ilgari Hewlett Packard Enterprise prezidenti va bosh direktori boʻlgan. U, shuningdek, Quibi kompaniyasining 2018-yil avgust oyida tashkil etilganidan 2020-yil dekabrida yopilguniga qadar bosh direktori boʻlgan. Whitman 2008 va 2012-yillarda Mitt Romney prezidentlik kampaniyasining yuqori martabali aʼzosi boʻlgan va 2010-yilda Respublikachi sifatida Kaliforniya gubernatori lavozimiga nomzod boʻlgan, ammo 2016-yilgi umumiy saylovda Xillari Clintonni va 2020-yilgi umumiy saylovda Joe Bidenni qoʻllab-quvvatlagan.

Whitman 1980-yillar davomida strategik rejalashtirish boʻyicha vitse-prezident boʻlgan Walt Disney kompaniyasining ijrochi direktori edi. 1990-yillarda u DreamWorks, Procter & Gamble va Hasbro kompaniyalarida rahbarlik qilgan. Whitman 1998-yildan 2008-yilgacha eBay prezidenti va bosh direktori boʻlgan.

Wtitman eri Harsh bilan 2006-yil 21-dekabrda xayriya jamgʻarmasiga asos solgan va unga eBay-ning 9,4 million dollarlik 300 000 aktsiyasini hadya qilgan[1]. Faoliyatining birinchi yilining oxiriga kelib, Griffith R. Harsh IV va Margaret C Whitman xayriya fondi 46 million dollarga ega edi. Berilgan pulning katta qismi Atrof-muhitni muhofaza qilish jamgʻarmasiga oʻtkazildi[2].

2010-yilda Warren Baffet Whitmandan milliarderlar oʻz pullarining yarmini xayriya ishlariga oʻtkazish majburiyatini olgan „Giving Pledge“ga qoʻshilishni soʻradi va Whitmen rad javobini berdi[3]. 2011-yilda fond San-Xose hududidagi bir nechta charter maktablarini boshqaradigan Summit Public Schoolsga 2,5 million dollar xayriya qildi[4].

2020-yildan boshlab Meg Whitman Teach for America milliy kengashi raisi hisoblanadi[5].

Siyosiy martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Whitman Mitt Romney 2008-yilgi prezidentlik kampaniyasi tarafdori edi[6] va uning milliy moliya jamoasi aʼzosi edi[7]. U, shuningdek, Romni tadqiqot qoʻmitasining moliya hamraisi sifatida ham roʻyxatga olingan[8]. Romni poygadan chiqib, John Makkeynni maʼqullaganidan soʻng, Whitman Makkeynning prezidentlik kampaniyasiga milliy hamrais sifatida qoʻshildi[9]. Makkeyn Whitmanni 2008-yildagi ikkinchi prezidentlik debatlari chogʻida gʻaznachilik kotibi boʻlishi mumkinligini tilga oldi[10], biroq saylovda Barack Obamaga yutqazdi.

  1. Steiner, Ina. „Former eBay CEO Meg Whitman Launches Family Foundation“. AuctionBytes.com (12-may 2008-yil). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2010-yil.
  2. McLaughlin, Ken. Meg Whitman's charitable foundation's biggest benefactor was environmental group. San Jose Mercury News (7-noyabr 2009-yil).
  3. Young, Samantha. „Whitman: No plans to join billionaires' pledge“. San Jose Mercury News (5-avgust 2010-yil). Qaraldi: 14-avgust 2010-yil.
  4. Melendez, Lyanne. „Whitman gives $2.5M to Summit Schools“. KGO-TV (20-sentabr 2011-yil).
  5. „National Board of Directors Profiles“ p. 2, teachforamerica.org.
  6. „MTP transcript for October 21, 2007 - Meet the Press, online at NBC News“. NBC News (21-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 27-may 2010-yil.
  7. Kirkpatrick, David D.. „Romney Reaps $20 Million to Top G.O.P. Rivals“. The New York Times (3-aprel 2007-yil). Qaraldi: 12-may 2010-yil.
  8. „Election Center 2008: Candidates - Election & Politics News from CNN.com“. CNN. Qaraldi: 12-may 2010-yil.
  9. McCain Campaign. „Meg Whitman Joins John McCain 2008 As National Co-Chair“. McCain Campaign (14-mart 2008-yil). 14-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2008-yil.
  10. „McCain, Obama discuss possible Treasury secretary picks“. Reuters. October 7, 2008. Retrieved October 8, 2008.