Kontent qismiga oʻtish

Megaspora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Megaspora (mega... va spora) — urgʻochi jinsiy boʻgʻin (ochiq urugʻlilarda boshlangʻich endosperm, yopiq urugʻli oʻsimliklarda murtak xaltacha) rivojlanadigan spora. Megasporofitning boʻlinishi natijasida hosil boʻladi. Jinsiy boʻgʻinning boshlangʻich rivojlanish bosqichi M. ichida oʻtadi, keyin M. qobigʻi ochilib, arxegoniyli jinsiy boʻgʻin boʻlaklari tashqariga chikali. Urugʻli oʻsimliklarda M. urugʻ kurtakning markaziy qismi — nutsellusga oʻxshash (yana qarang Mikrosporangiy).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil