Kontent qismiga oʻtish

Fuat Köprülü

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mehmet Fuad Köprülüdan yoʻnaltirildi)

Mehmet Fuat Köprülü, Mehmet Fuod Koʻpruluzoda (1890.4.12, Istanbul — 1966.28.6) — turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi. Istanbul universiteti professor (1913). Turkiya tashqi ishlar vaziri (1950; 1956). Heydelberg (1927), Sorbonna (1937), Afina (1938) va boshqa koʻplab universitetlarning faxriy doktori. Istanbul huquq maktabini tutatgan. "Shayx Gʻolibga" (1908) sheʼri bilan tanilgan, 28 yoshidan boshlab Istanbul universitetining adabiyot ftida (1913—43), shuningdek, Turkiyaning boshqa oliy oʻquv yurtlarida turk adabiyoti tarixi, madaniyat tarixi, ilohiyot tarixi va boshqa fanlardan dare bergan. Turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyati tarixi boʻyicha fundamental tadqiqotlar yaratgan. Turkiyada zamonaviy adabiyotshunoslik faniga asos solgan. "Burungi adabiyot" (1924), "Milliy adabiyot tarixining ilk mubashshirlari va Devoni turkiyi basit", "Turk adabiyoti tarixi" (1928), "Baxshi, turk tili va adabiyoti haqida tadqiqotlar" (1934), "Yangi usmonli adabiyot tarixi" (1935), "Alisher Navoiy" (1941) kabi 20 dan ziyod monografiyalar eʼlon qilgan, "Turk xalq shoirlari" (1939; 1940; 1962) antologiyasini tuzgan. F.K. Oʻrta Osiyo xalklari adabiyoti, tili va madaniyati tarixiga, ayniqsa Yassaviy, Boqirgʻoniy, Navoiy, Bobur va boshqa shoirlar ijodiga, folklor asarlariga bagʻishlangan 500 dan ziyod maqolalar muallifi. F. K. ning tasavvuf adabiyoti namoyandalariga bagʻishlangan "Turk adabiyotida ilk mutasavviflar" (1919) asari 8-marta nashr etilgan. F.K. Yassaviy izdoshlaridan Sulton Ahmad Haziniy (16-asr) haqida ilk marotaba maʼlumot bergan. V. Bartoldning "Islom madaniyati tarixi" kitobini turk tilida nashrga tayyorlagan. Ayrim maqolalari oʻzbek tilida chop etilgan.

  • Fitrat, Tanlangan asarlar, 2j., T., 2000; Gordlevskiy V. A., Izbrannie sochineniya, t. 2, M., 1961.