Mehnat psixologiyasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mehnat psixologiyasi - insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va uning rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat psixologiyasi mehnatda shaxsning faoliyati, boʻsh vaqti, dam olishining ishlab chiqarishga taʼsirini ham oʻrganadi. Mehnat psixologiyasi nemis-amerikalik psixolog G. Myunsterberning (1863—1916) "Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi" (1913) va "Psixotexnika asoslari" (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida vujudga kelganligi eʼtirof etilgan. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini yaxshilash, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasb layoqatini aniqlash, kasb kasalliklarining , ishlab chiqarishda jismoniy falokatlarning , psixologik stress, tolikish va zoʻriqish holatlarining oldini olishdir.
Ergash Gʻoziyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |