Mehnatni normalashtirish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mehnatni normalashtirish — maʼlum tashkiliytexnik sharoitlarda muayyan ish hajmini bajarish yoki mahsulot birligini tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat hajmini, mex,nat harajatlarini belgilash.
Tor maʼnoda Mehnatni normalashtirish ishlab chiqarish topshiriqlarini yoki aniq operatsiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt normasini aniqlashdan iborat.
Bozor iktisodiyoti sharoitida korxona va firmalar miqyosida Mehnatni normalashtirish yanada chuqurlashib, rivojlanib boradi. Mehnat borasidagi xizmatlarning oldisotdi jarayonida xodim va ishga yollovchi oʻrtasida ishning vaqti, mazmuni, mavsumiyligi va hajmini aniqlab olish imkonini beradi. Mehnatni normalashtirish eng tejamli mehnat usullarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng maqbul shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat koʻrsatishning oqilona tizimini belgilashda qoʻllanadi. Korxonada Mehnatni normalashtirish ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib alohida ish va operatsiyalarni bajarishda mehnat harajatlarining optimal darajasini belgilash va shunga amal qilishdir.
Oʻzbekistonda Mehnatni normalashtirish masalalari bilan bevosita Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shugʻullanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdurahmonov Q.X. va boshqa, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, T., 2001; Nazarov A.Sh., Normirovaniye truda, T., 1987;Qalandar Abdurahmonov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |