Kontent qismiga oʻtish

Meksika — Yangi Zelandiya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Meksika — Yangi Zelandiya munosabatlari. Meksika va Yangi Zelandiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi. Ikkala davlat ham APEC, OECD va BMT tashkilotlarining aʼzosi hisobalanadi.

Meksika va Yangi Zelandiya davlatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1973-yil 19-iyulda oʻrnatilgan. Yangi Zelandiya 1983-yilda Mexiko shahrida elchixonasini ochgan. Meksika Avstraliyadagi elchixonasi nomidan Yangi Zelandiya bilan diplomatik aloqalar olib bordi. 1991-yil dekabr oyida Meksika Vellingtonda oʻz elchixonasini ochdi[1]. Meksika va Yangi Zelandiya mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro savdo aloqa, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kabi muhimikkala davlat tamonidan shartnomalar mavjud. Jumladan ikkala mamlakat oʻrtasidagi aloqalarga savdo, investitsiya, tadqiqot-texnologiya, oʻzaro soliq shartnomalari, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi uchun muhim boʻlgan oldi sotdi shartnomalari mavjud.

O‘tgan yillar davomida har ikki davlat o‘rtasida ko‘plab ikki tomonlama shartnomalar imzolangan, jumladan[2][3]:

  • Yangi Zelandiya va Meksika banklari oʻrtasida maʼlumot almashish toʻgʻrisidagi bitim (1992)
  • Savdo va investitsiya shartnomasi (1994)
  • Havo shartnomasi (1999)
  • Tadqiqot va texnologiya hamkorlik (2004)
  • Ikki tomonlama soliq shartnomasi (2006)
  • Qishloq va oʻrmon xoʻjaligida hamkorlik (2008)
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlik (2010)

Rasmiy tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meksika prezidentlarining Yangi Zelandiyaga tashrifi [4]

  • Prezident Ernesto Zedillo (1999-yil sentyabr)
  • Prezident Felipe Kalderon (2007-yil sentyabr)

Yangi Zelandiya bosh vazirlarining Meksikaga tashrifi[5]

  • Bosh vazir Robert Muldun (1980)
  • Bosh vazir Jim Bolger (1992-yil sentyabr)
  • Bosh vazir Jenni Shipli (1999-yil iyun)
  • Bosh vazir Xelen Klark (2001-yil noyabr va 2002-yil oktyabr)
  • Bosh vazir Jon Key (2013-yil mart)

Meksika Yangi Zelandiyaning Lotin Amerikasidagi eng yirik savdo sherigi (dunyoda 24-oʻrinda) va sut mahsulotlari uchun muhim bozor hisoblanadi. 2014-yilda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 447 million AQSH dollarini tashkil etdi. Yangi Zelandiya Meksikaga sut mahsulotlari, goʻsht va qishloq xoʻjaligi texnikalarini eksport qiladi. Meksika asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yangi Zelandiyaga eksport qiladi. Yangi Zelandiya Meksikaning yigirma toʻrtinchi eng yirik savdo hamkoridan biri hisoblanadi[6].

  1. „1. – European discovery of New Zealand – Te Ara Encyclopedia of New Zealand“. 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  2. „Acuerdo binacional México-Nueva Zelanda - Instituto Nacional de Migración“. 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  3. „New Zealand gains observer access to Latin American bloc | Beehive.govt.nz“. 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  4. „History of diplomatic relations between Mexico and New Zealand (in Spanish)“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.
  5. „Story: Latin America and New Zealand“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.
  6. „Mexico: A growing option for trade with NZ companies“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.