Kontent qismiga oʻtish

Meksika banki

Koordinatalari: 19°26′06″N 99°08′26″W / 19.434893°N 99.140427°W / 19.434893; -99.140427
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meksika banki
Banco de México



Bosh ofisi
Bosh qarorgohi Mexiko shahri Kvavtemok tumani 5 de Mayo shoh koʻchasi, 2-uy
Koordinatalari 19°26′06″N 99°08′26″W / 19.434893°N 99.140427°W / 19.434893; -99.140427
Tashkil etilgan yili 1-sentyabr, 1925-yil (99 yil avval) (1925-09-01)
Mulkchilik shakli 100% Davlat mulki [1]
Rais Viktoriya Rodriges Sexa
Markaziy banki Meksika bayrogʻi Meksika
Valyutasi Meksika pesosi
Oltin-valyuta zaxiralari $168.37 mlrd [1]
Foiz stavkasi targeti 11.0%
Veb sayti banxico.org.mx

Meksika banki (ispancha: Banco de México), qisqacha BdeM yoki Banxico - Meksikaning markaziy banki, pul-kredit organi va soʻnggi qarz instansiyasi. Meksika banki oʻz funksiyalarini bajarishda mustaqildir va asosiy maqsadi milliy valyuta xarid qobilyati barqarorligiga erishishdir.

Meksika Amerika qitʼasida joylashgan davlat. Pul birligi-Peso. Poytaxti-Mexiko. Meksikada bir necha banklar faoliyat yuritadi. Dastlab bu davlatda 1822-yilda Meksika imperiyasining Buyuk bankini yaratish loyihasi belgilandi, u banknotlarni chiqarishni boshlashi kerak edi. Loyiha amalga oshirilmadi. 1822-yil 22-dekabrda Meksika imperiyasining qog‘oz pullari xazinaga chiqarila boshlandi. 1823-yilda respublika eʼlon qilingandan so‘ng imperiya davri qog‘oz pullari muomaladan chiqarilib, ularning o‘rniga Millat G‘aznasining qog‘oz pesolari almashtirildi.

1884-yilda xususiy banklarning banknotalari chiqarila boshlandi. Banknotlarni muomalaga chiqargan banklar soni tez sur’atlar bilan o‘sdi: 1884-yildan Chihuahua banki, 1889-yildan Chihuahua tijorat banki, 1902-yildan Aguskaliyente va Chiapas banki, 1903-yildan Kampeche banki va boshqalar.1

1910—1917-yillardagi inqilob davrida „moneda de necesidad“ banknotlarining koʻp turlari—qogʻoz va tanga shaklida chiqarilgan. Pullar shtatlar, munitsipalitetlar, harbiy qismlar, xususiy kompaniyalar va tadbirkorlar tomonidan chiqarilgan. Bunday pullarni birinchi bo‘lib V.Karranza (konstitutsiyachilar armiyasi) chiqargan. Yangi banknotlarni bosib chiqarish sifati pastligi ularning ommaviy ravishda qalbakilashtirilishiga olib keldi. Fiat qogʻoz pesolarining doimiy emissiyasi ularning kursining pasayishiga olib keldi: 1 kumush peso = 100 qogʻoz peso. 1916-yil may oyida moneda de necesidad muomaladan chiqarildi va Meksika kumush standartiga qaytdi. 1917-yil fevralda qabul qilingan konstitutsiyada banknotlarni muomalaga chiqarishning monopol huquqi hukumat nazorati ostidagi bankka tegishli ekanligi belgilab qoʻyilgan [2].

1925-yil avgust oyida Meksika banki tashkil etildi, u oʻsha yilning 1-sentabridan oʻz faoliyatini va banknotlarni chiqarishni boshladi[2].

Bosh direktorlari (1925—1994) va raislari (1994-yil)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Alberto Maskarenas Navarro (1925—1932)
  • Avgustin Rodriges Kotera (1932—1935)
  • Gonsalo Robles Fernandes (1935)
  • Luis Montes de Oka (1935—1940)
  • Eduardo Villasenor Angeles (1940—1946)
  • Karlos Novoa Ruvinyak (1946—1952)
  • Rodrigo Gomes Gomes (1952—1970)
  • Ernesto Fernandes Urtado (1970—1976)
  • Gustavo Romero Kolbek (1976—1982)
  • Karlos Tello Masias (1982)
  • Migel Mansera Aguayo (1982—1997)
  • Gilermo Ortis Martines (1998—2009)
  • Avgustin Karstens Karstens (2009—2017)
  • Aleksandr Dias de Leon (2017—2021)
  • Viktoriya Rodriges Sexa (2022-yildan beri)

2009-yil 15-dekabrda Senat tomonidan Avgustin Karstens 81 tarafdor va 19 qarshi ovoz bilan Meksika bankining yangi raisi etib tasdiqlandi. U 2010-yilning 1-yanvaridan lavozimiga kirishdi [3].

  1. 1,0 1,1 Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
  2. 2,0 2,1 Бутаков 1987.
  3. „Mexico's Senate confirms Carstens as cenbank head“. Reuters (2009-yil 15-dekabr). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-dekabr.