Kontent qismiga oʻtish

Meksika boʻyi pasttekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meksika boʻyi pasttekisligi — Shim. Amerikaning janubi-sharqidagi pasttekislik, AQSH va Meksikada. Atlantika boʻyi pasttekisligi, Appalachi togʻlari, Markaziy tekisliklar, Uoshito togʻlari, Buyuk tekisliklar bilan chegaralangan, jan.dan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Eni 350 km gacha. Eng baland joyi 150 m. Choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Yer yuzasi yassi tekislik boʻlib, daryo vodiylari (Missisipi, Rio-Grande va boshqalar) bilan kesilgan. Iklimi subtropik, jan.-gʻarbiy qismida tropik iqlim. yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da 4—8°, sohil qismida 12°, iyulniki 26—28°. Yillik yogʻin gʻarbida 600–800 mm, sharqida 1200–1500 mm. Tuproqlari qizil, chimli karbonatli, chimli allyuvial va botqoq tuproklar. Hududining 1/3 qismi oʻrmon. Qoraqaragʻay, qayin, dub, magnoliya, daryo vodiylarida botqoqsarvi, terak oʻsadi. Savannalar bor. Paxta, tamaki, sholi, shakarqamish ekiladi. Yirik neft va gaz konlari topilgan. Yirik shaharlari: Yangi Orlean, Xyuston (AQSH), Tampiko, Verakrus (Meksika).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil